Yoz — qizg‘in palla va harorat tez ko‘tarilmoqda. Bunday ob-havoda organizmdagi suv miqdorini yetarli darajada ushlab turish juda muhimdir. Buni osonlik bilan bajarish uchun quyidagi 4 ta usulni sinab ko‘ring, deb yozadi Lisa nashri.
Quyoshdan himoya qiluvchi kremni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash yozda e’tibor berishingiz kerak bo‘lgan yagona narsa emas. Har doim suvsizlanishning oldini olish harakatida bo‘lish kerak, chunki inson tanasining 60 foizi suvdan iborat. Ammo yozda biz ter orqali uning ko‘proq qismini yo‘qotamiz, shuning uchun, ayniqsa, suv iste’mol qilish muhimdir. Ba’zilar o‘zi xohlab suv ichsa, boshqalar esa suv ta’mini yoqtirmaydi yoki shunchaki ichishni unutishadi. Namlik darajasini yana qanday saqlash kerak?
Elektrolitlar qo‘shing
Elektrolitlar organizmga suvni singdirishga yordam berish uchun kerak. Suvga elektrolitlar qo‘shish orqali siz organizmdagi gidratsiya darajasini oshirasiz.
Ularni qayerdan topish mumkin? Dorixonada, maxsus ovqatlanish do‘konlarida, Internetda — tanlov juda katta. Odatda, bu suvda oson eriydigan ko‘pikli tabletkalardir. Tarkibida kaliy, natriy, magniy va kalsiy bo‘lganini izlang, bu moddalar organizmga suvni singdirishga yordam beradi.
Suvni yanada mazali qiling
Agar suvning ta’mini yoqtirmasangiz, uni shunchalik mazali qilishingiz mumkinki, keyingi ichimlikni ichganingizda yana ichish istagida bo‘lasiz. Quritilgan yoki barra ko‘katlar, rezavorlar yoki meva sharbati qo‘shib muz kubiklarini tayyorlang. O‘tlar suvga qo‘shimcha oziq moddalar bilan birga ajoyib ta’mni kuchaytiradi. Yalpiz, petrushka, arpabodiyon — bularning barchasi tetiklantiruvchi bo‘lib, qulupnay, apelsin, tarvuz nozik, yoqimli ta’m qo‘shadi.
Oddiy filtr ham suvning ta’mini o‘zgartirishi mumkin. Sifatli suvga investitsiya qiling va siz suvdan ko‘proq zavqlanishingizni bilib olasiz. Bundan tashqari, filtrlar bakteriyalar, viruslar, og‘ir metallar va boshqalarni olib tashlaydi, bu esa suvning nafaqat mazali, balki foydali bo‘lishini ham ta’minlaydi.
Ertalab xona haroratida bo‘lgan suv iching
Muzli suv qanchalik tetiklantiruvchi bo‘lsa, uni organizmga singdirish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun ertalab uyg‘onishingiz bilanoq xona haroratida bir stakan suv ichishni odat qiling. Issiq yoki xona haroratidagi suv muzli suvga qaraganda ko‘proq namlikni saqlaydi.
Namlantiruvchi mahsulotlardan iste’mol qiling
Suv — gidratlanishning yagona usuli emas. Namlantiruvchi oziq-ovqat mahsulotlarining turli xil variantlari mavjud. Qovoq, kabachka, bodring juda yuqori suv tarkibiga, shuningdek, foliy kislotasi, A vitamini, C vitamini va kaliyga ega.
Ko‘proq yangi uzilgan sabzavotlarni iste’mol qiling. Bulg‘or qalampiri, selderey, to‘g‘ralgan bodring ustiga limon va yogurt qo‘shib gazak qilishingiz mumkin. Rezavorlar va mevalar ham yaxshi, ammo ularda juda ko‘p shakar mavjud.
Yozgi sho‘rvalar yana bir ajoyib variant. Masalan, gaspacho — xom yoki ozgina pishirilgan sabzavotlarni aralashtirish orqali tayyorlanadigan sovuq sho‘rva. Bu taom tetiklantiradi, shuningdek, organizmga namlikni sog‘lom va mazali tarzda olish imkonini beradi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring