Lavanda, greypfrut, gilos, qushqo‘nmas va qovoq kabi o‘simlik va mevalar uyqusizlikni yengishga yordam beradi, uyqu sifatini yaxshilaydi va kayfiyatga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda diyetolog Anastasiya Kondaurova ma’lumot berdi.
Kondaurovaning so‘zlariga ko‘ra, sanab o‘tilgan o‘tlar, meva va sabzavotlarni tabiiy uyqu tabletkalari yoki tabiiy sedativlar deb atash mumkin. Xususan, tarkibida triptofan moddasi bo‘lgan qovoq uyqu va kayfiyatni tartibga solishda ajralmas yordamchi hisoblanadi. Tarkibida melatonin bo‘lgan gilos ham foydalidir.
Bundan tashqari, kaliy va magniyga boy banan uyqusizlikning oldini olishga yordam beradi. Lavandaning tinchlantiruvchi xususiyatlari, o‘z navbatida, yaxshi uyqu va dam olishga yordam beradi. Buning uchun mutaxassis vannaga lavanda yog‘ini qo‘shishni maslahat berdi. Greypfrut va qushqo‘nmas ham shunga o‘xshash xususiyatlarga ega.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring