07:39 / 30.01.2024
333

Nima uchun ovqatlanayotganda suv ichmaslik tavsiya etiladi?

Nima uchun ovqatlanayotganda suv ichmaslik tavsiya etiladi?
Foto: “Noviy ochag”
To‘g‘ri ovqatlanishga oid maslahatlar orasida ko‘pincha ovqat bilan suv ichmaslik tavsiya etiladi. Bu fikrning sababi nima va u qanchalik asosli, taom tanovul qilinayotganda suv yoki boshqa ichimlik ichish mumkinmi?

Diyetologlar ko‘pincha ovqat bilan birga suv va boshqa ichimliklar ichishni taqiqlaydi. Umumiy maslahat shundayki, ishtahani bo‘g‘ish uchun ovqatdan oldin bir stakan suv ichish mumkin, lekin ovqat paytida va undan keyin darhol ichmaslik kerak.

Qoidaga ko‘ra, ovqat bilan birga ichimlik ichmaslik maslahati quyidagi dalillarga asoslanadi:
  • suv me’da shirasini suyultirib, ovqat hazm qilishni yomonlashtiradi. Ko‘pincha bunday maslahat gastrit yoki oshqozon-ichak traktining boshqa kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga beriladi;
  • tezda ortiqcha vazn yig‘ilishi mumkin, chunki bunday vaqtda doimgidan ko‘proq ovqat iste’mol qilinadi. Suyuqlik ichish ovqatni chaynashni osonlashtiradi, ammo to‘qlik hissi kuzatilmaydi;
  • suv hazm bo‘lmagan ovqatlarni oshqozondan ichaklarga yo‘naltirib yuboradi, hazm qilish jarayonini buzadi.

Ovqatlanish paytida suyuqlik ichish va ovqat hazm qilishni sekinlashtiradigan zararni tasdiqlaydigan tadqiqot mavjud emas. Ko‘pgina shifokorlar, shu jumladan, doktor Yevgeniy Komarovskiy, oziq-ovqat yuvilishiga yo‘l qo‘yilmaslik haqidagi afsonani rad etdi va har kimga o‘z xohishiga ko‘ra suyuqlik ichishini taklif qildi.

Nega ovqatlanayotganda suv ichish mumkin?

Suv ovqat hazm bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi

Yevgeniy Komarovskiy ta’kidlaganidek, suv va iste’mol qilingan mahsulotlar turli yo‘llar bilan harakat qiladi. Oshqozonda ovqat hazm qilish jarayoni taxminan 4 soat davom etadi, shundan so‘ng me’da shirasi bilan ishlangan yumshoq massa ichakka kiradi. Suv oshqozondan tezroq ketadi, bir stakan suyuqlik taxminan 10 daqiqadan so‘ng ichaklarga kirib, hazm bo‘lmagan oziq-ovqat orqali oshqozonga boradi.

Suv oshqozon kislotasini suyultirmaydi
Agar uni biron bir muhim tarzda suyultirishning imkoni bo‘lsa, ko‘ngil aynishi kuzatiladigan bemorlar bir stakan suyuqlik ichish orqali noqulaylikdan xalos bo‘lishi mumkin edi. Biroq, bunday bo‘lmaydi, hatto bir litr suv ham me’da shirasining kislotaliligini pasaytirmaydi, chunki organizm uning konsentratsiyasining pasayishini aniqlab, shunchaki qo‘shimcha miqdorni ishlab chiqaradi. Aksar mevalar tarkibida 70-80 foiz suv bo‘ladi, bu ham ovqat hazm qilishga xalaqit bermaydi.

Suv hazm bo‘lmagan oziq-ovqatni ichakka yo‘naltirib yubormaydi
Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, suyuqlik boshqa mahsulotga qaraganda oshqozondan ancha oldin chiqib ketadi va hazm bo‘lmagan ovqatni ichakka surmaydi.

Doktor Komarovskiyning aniqlik kiritishicha, agar bolalar chaynashda qiynalsa va bo‘laklarni yutib yuborsa, ularni ichimlik bilan qizilo‘ngachga itarib yubordi. Bu hazm qilishning dastlabki bosqichida uning jarayonini buzadi. Bunday hollarda shifokor bolani ovqatlantirishga yondashuvni o‘zgartirishni va ovqatni yumshoqroq tayyorlashni, shuningdek, bolalarga ovqatni to‘g‘ri chaynab ko‘rsatishni tavsiya qiladi.

Ish bilan band odamlar ko‘pincha yetarli miqdorda suyuqlik ichmaydi. Suvsizlanish bosh aylanishi, ko‘ngilning behuzur bo‘lishi va bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitda shifokorlar ovqat iste’moli jarayonida ichimlik ichishni juda foydali deb biladi. Bu bilan tanaga qo‘shimcha suyuqlik kirishi kafolatlanadi. Biroq, shifokorlar ovqat bilan birga doim ham suv ichishni tavsiya etmaydi, ularning fikriga ko‘ra, bu keyinchalik to‘xtatib bo‘lmaydigan odatga aylanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun ovqatlanayotganda suv ichmaslik tavsiya etiladi?