14:30 / 24.05.2024
353

Tabiiy asalni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?

Tabiiy asalni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?
Foto: iStock
Sotuvchilar tomonidan haqiqiy bo‘lmagan asallarni sotish uchun bir nechta hiyla-nayranglar qo‘llanadi. Sifatli va tabiiy asalni sintetik yoki suyultirilgan asaldan farqlash uchun uni hidlab ko‘rish va sinchiklab ko‘zdan kechirish lozim, deya maslahat berdi asalarichi Natalya Motorina.

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, agar asalda ko‘pik va pufakchalar bo‘lsa, bunday mahsulotdagi organik moddalarning achishidan darak beradi. Ya’ni, asalga suv qo‘shib, eritilgan deganidir.

Rangi tiniq bo‘lmagan, ichida dog‘lar va quyqalar mavjud asal ham tabiiy emas. Agar asalning hidi juda zaif bo‘lsa, uning sifati pastligini va qo‘shimchalar solinganini bildiradi. Asalning ta’mi shirin emas, balki bir oz taxir bo‘lishi unga sirop qo‘shilganini anglatadi.

Suyuq turdagi asal mavsumi kuzda tugaydi va qish kelguncha mahsulot albatta kristallanishi kerak. Shuningdek, tabiiy asal qorong‘i joyda, 16-20 daraja haroratda, germetik jihatdan yopiq shisha yoki sopol idishlarda saqlanishi lozim. Metall idishda asal tez oksidlanadi. Alyuminiy va misdan tayyorlangan idishlar esa asal saqlash uchun xavfli — ushbu metallar bilan ta’sirlashganda asal o‘zida zaharli birikmalar hosil qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tabiiy asalni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?