Foto: Getty Images
Tabiat ne’matlarida barcha kasalliklarning davosi mujassam. Ular orasida eng keng tarqalgani va e’tibor qozongani olmadir.
Olma haqida gap ketganda, ikkilanmasdan aytish mumkinki, ushbu meva kundalik ratsionga kiritish mumkin bo‘lgan xavfsiz mahsulotdir. Fanda olma mevasi va po‘stida mavjud bo‘lgan biologik faol moddalar inson salomatligini sezilarli darajada yaxshilashi mumkinligi bo‘yicha dalillar mavjud.
Biroq olmaning yuzlab foydali xususiyatlariga qaramay, uni kunning har qanday qismida iste’mol qilib bo‘lmaydi. Masalan, kechqurun uyqudan oldin ko‘ngil biror yegulik tusaganda olma yeyish odati zararga xizmat qilishi mumkin.
Ovqat tarkibidagi pektinlar toksinlarni zararsizlantirish va tanadan chiqarib yuborishga yordam beradi. Ammo pektin moddasining kechasi hazm bo‘lishi murakkabdir. U oshqozonning kislota darajasini oshiradi, tunda qorin bezovta bo‘lishiga olib keladi.
Olma iste’moli uchun eng yaxshi payt bu ertalabdan boshlab to tushdan keyingacha bo‘lgan davrdir. Kunduz kuni pektin moddasiga boy bo‘lgan olmani iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradigan xolesterin darajasini kamaytiradi, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishni tezlashtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi