18:19 / 24.11.2016
42 250

Stomatit nima va undan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Stomatit nima va undan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Stomatit odatda qandaydir jiddiy kasalliklarning belgisi hisoblanmaydi, ammo u favqulodda og‘riq va noqulaylikni keltirib chiqarishi mumkin. Stomatit og‘izdagi kichik hamda chuqur bo‘lmagan yaralar bo‘lib, ular ko‘pincha labning ichki qismida yoki milklar atrofida paydo bo‘ladi.

Stomatitning ikki xil turi bor:
  1. Oddiy stomatit. U 10—20 yoshli kishilar orasida tarqalgan bo‘lib, yiliga 3—4 marta chiqishi mumkin.
  2. Murakkab stomatit. U unchalik keng tarqalmagan va kasalliklar yoki oziq moddalar tanqisligi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Har ikkala stomatitda ham yaralar odatda 1—3 haftada bitib ketadi, biroq bitish jarayonini tezlashtirish usullari mavjud. Bunda har kimning uyida topiladigan vositalar qo‘l keladi.

Stomatitni aniqlash

Stomatit yarasi oq, sariq yoki kulrang karashli doira shaklida bo‘ladi. U og‘riqli his berishi va nordon ovqat eganda ta’sirchanlik ko‘rsatishi bilan darrov seziladi.

Stomatit sabablari

Davolashni boshlashdan oldin stomatitning ehtimoliy sabablaridan xabardor bo‘lishingiz kerak. Har bir holatning aniq sababini bilish qiyin, ammo uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan qator omillar mavjud. Pomidor, ananas, sitrusli mevalar kabi nordon mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish stomatitga sabab bo‘lishi va uning bitish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Yana bir ehtimoliy sabab — achchiq ovqat.

Stress

Boshqa kasalliklarda bo‘lgani kabi, stomatitga ham stress asosiy sababchilardan biri bo‘lishi mumkin. Agar stressli vaziyatlarda bunday yaralar paydo bo‘lsa, keyingi safar barcha narsaga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘lishga harakat qiling.

Breket yoki protezlar

O‘tkir uchi bo‘lgan va lab, milk yoki tilni tirnaydigan har qanday narsa stomatitni chaqirishi mumkin. Breketlar, protezlar va singan tishlar — yara paydo bo‘lishining bosh sababchilari.

Labni tishlab olish

Nimadir eyayotgan vaqtda to‘satdan labni tishlab olish ham stomatit paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Murakkab turdagi stomatit qanday kelib chiqadi?

B12 vitamini, temir, rux moddalari, foli kislotasi etishmovchiligi murakkab turdagi stomatitni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, bunga Seliakiya yoki Kron kasalliklari ham sababchi bo‘lishi mumkin. Agar sizda yaralar doimiy ravishda paydo bo‘lib tursa, albatta shifokorga murojaat qilib, kasalliklarni aniqlash uchun ko‘rikdan o‘ting.

Endi esa yaralarning bitib ketishiga yordam beradigan uy sharoitidagi ba’zi usullar bilan tanishishingiz mumkin.
  1. Choy xaltachalari

    Qora choy biriktiradigan teri oshlovchi moddalarga ega, ular yaralarga tinchlantiruvchi ta’sir o‘tkazadi. Moychechakli choy ham yarali hududni og‘riqsizlantirishga yordam beradi. Buning uchun choy xaltachasini ho‘llab, uni 10 daqiqaga yaraga qo‘yib turing.
  2. Asal

    Asal qadimdan o‘zining bakteriya va zamburug‘larga qarshi xususiyatlari bilan mashhur. Asalning davolovchi xususiyatlari shunchalik ko‘pki, ushbu shirinlikning ma’lum turlari yara va jarohatlarni davolashda ham qo‘llaniladi.
  3. Aloe vera

    Agar uyingizda tuvakda aloe vera o‘stirsangiz, uning bitta bargini kesib olib, sharbatini suvga qo‘shing va ushbu aralashma bilan og‘zingizni chaying. Bu o‘simlik tabiiy antibakterial va shamollashga qarshi vosita bo‘lib, u bilan og‘izni chayish orqali yarani tozalash va og‘riqni yo‘q qilish mumkin. Bundan tashqari, aloe B, C guruhidagi vitaminlar va aminokislotalarga boy.
  4. Boshqa tish pastasidan foydalanib ko‘ring

    Stomatit paydo bo‘lganida shifokorlar tish pastasini natriy laurilsulfati — ko‘pik hosil qiluvchi modda bo‘lmagan boshqasiga almashtirishni tavsiya etadi, aynan u yara yuzaga kelishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
  5. Tuzli eritma

    Tuzli eritma bilan og‘izni chayish yara bitishi jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Tuz — yumshoq antiseptik vositadir.
  6. Vodorod peroksidi

    Vodorod peroksidi va suvni 1:1 nisbatda aralashtiring hamda ushbu eritmani bevosita yaraga suring.
  7. Qatiq

    Tirik mikroorganizmlarga ega qatiq stomatit paydo bo‘lishi oldini olishi mumkin.

Stomatit tez-tez paydo bo‘lsa va uch haftadan ortiq vaqt davomida bitib ketmasa, shifokorga murojaat qilgan ma’qul.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Stomatit nima va undan qanday xalos bo‘lish mumkin?