14:33 / 17.02.2017
9 545

Matematikani o‘rganganlar hayot zarbalariga bardoshli bo‘ladi

Matematikani o‘rganganlar hayot zarbalariga bardoshli bo‘ladi

Olimlar fanlar onasi, matematikani o‘zlashtirishda kuzatiladigan tendensiyalarni o‘rganib chiqdi. Besh yil davomida o‘tkazilgan sinovlarda ishtirok etgan uch mingta o‘quvchi, deyarli yakdil bitta xulosaga kelishga yordam berdi. Aniqlanishicha, matematikada muvaffaqiyatlarga erishishning siri o‘quvchining hissiy olamiga bog‘liq ekan, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Qanchalik tez va aniq masalaga javob topa olgan o‘quvchi, shunchalik darajada o‘zida faxr va yana harakatini davom ettirishga xohish topadi. Matematik misolni ko‘rgan zahoti, qo‘rquv iskanjasida unga boqadiganlar, keyinchalik bu fandan yuz o‘giradi. Bugun “Qalampir.uz” sizga matematika hayotimizda nega kerak ekanligi haqida ajoyib ma’lumotlarni taqdim etadi.

1.Matematikani o‘rganayotgan bola o‘z xatolarini tan olishni biladi. Bu fan aniqlikni talab etadi, demak unda natija ham kunday ravshan va to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Xato xulosaga kelgan o‘quvchi, bu javobning noto‘g‘ri ekanini tan olishga majbur. Bu esa hayotda ham realist va pragmatik shaxs bo‘lib tarbiyalanishiga katta yordam beradi.

2.Matematika ishni oxirigacha bajarishga o‘rgatadi, aks holda masala echimi topilmaydi. Voyaga etayotgan bola ruhiy ezilishlarga uchrab, ko‘p narsadan voz kechishi mumkin, faqat matematika o‘rganayotganlar emas. Ularda natijani hosil qilguncha ishlash qobiliyati shakllanib bo‘lgan.

3.O‘quvchi matematikada tanqidiy fikrlash va muqobil echimlarga ega bo‘lishni ham o‘rganadi. Barchamizga ma’lumki, masalaning echimiga turli yo‘llar bilan kelsa bo‘ladi. O‘rganuvchilar ham hayotdagi voqealarni shu qarashga asoslanib, turli jabhadan kuzatadi. Undagi muammolarni echishda eng tez va samarali uslubini tanlash imkoniyatini qidiradi.

4.Matematika hayotda tejamkor va tadbirkor bo‘lishga undaydi. Bu fanni o‘zlashtirgan odam hayolida har qanday suhbat raqamlarda namoyon bo‘ladi. Puxta hisob-kitob qilishi, insonga ancha iqtisodiy foyda keltiradi.

O‘ylaymizki, siz va farzandlaringizning kelajagi hali oldinda, uni yanada farovon va yorug‘ bo‘lishi uchun foydali maslahatlarga quloq soling. Ajdodlarimiz bu fanlarning etuk olimi bo‘lgani bejiz emas. Ilm olish doimo maftunkorlik baxsh etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Matematikani o‘rganganlar hayot zarbalariga bardoshli bo‘ladi