03:53 / 08.09.2017
7 419

Boyishni istaganlar uchun 14 tavsiya

Boyishni istaganlar uchun 14 tavsiya
1. Daromadingizning kamida 10 foizini o‘zingizda saqlab qoling.

Agar biznesingizga o‘zingiz sarmoya kiritib turmasangiz, bir joyda qotib qolasiz. Hamkorlik munosabatlarida ham biror nima bermasdan turib, yaxshi natija kutib bo‘lmaydi. O‘z shaxsiy va professional bilimlaringizni rivojlantirmay turib, muvaffaqiyatga erisha olmaysiz.

Biror ishni boshlashdan oldin uni to‘liq o‘rganish kerak. Buni mustaqil tarzda amalga oshirish yoki pulli dasturlardan bajarish mumkin. Qoidasiga ko‘ra, agar kishi biror mashg‘ulot yoki seminar uchun haq to‘lasa, topshiriqlarga nisbatan diqqatliroq bo‘ladi.

O‘z ishining ustalaridan tajriba orttiring.

Foydali onlayn-kurslarga yoziling. Kitoblar sotib oling. Bugungi kunda barcha sohalar bo‘yicha keng adabiyotlar qo‘llanmasi mavjud.

Mukammalashuvga nafaqat ta’lim olish, balki ovqatlanish kabi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Fastfudlarga murojaat qilgandan ko‘ra to‘g‘ri ovqatlaning.

2. Bilim olishga kamida 80 foiz bo‘sh vaqtingizni qarating

Ko‘pchiligimiz iste’molchi hisoblanamiz. Ba‘zilarimizga har oy rahbariyatdan maosh olib yashash yetarli, ular yanayam ko‘prog‘iga erishish uchun harakat qilmaydilar.

Harakat qilmaslikka asosiy sabab – vaqtning yetishmasligidir. U rostdan ham yetishmaydi, agar behuda sarflansa. Siz uni yaxshi taqsimlamay turib qanday boyimoqchisiz?

Bo‘sh vaqtni eng yaxshisi o‘rganish va o‘zining mukammallashuviga sarflagan ma’qul. U kelgusi muvaffaqiyatlar va maqsadlarga erishishning kafolatidir. Dunyodagi eng boy insonlar ko‘p vaqtlarini kitob o‘qishga sarflaydilar. Ular bundan hech ham charchamaydilar.

3. Pul uchun emas, bilim uchun ishlang.

Yoshligingizda o‘rganish uchun ishlang, pul topish uchun emas.

Ishdan butunlay ajragan holda dam olishni unutmang. Ish olganingizda boshqalariga chalg‘imang. Ba’zan bir necha daqiqalar ichida hafta davomida qolib ketgan ko‘plab vazifalarga ulgurish mumkin.

4. Ko‘ngilxushlik uchun emas, biror qimmatli narsa yaratish uchun o‘rganing

Bugungi axborot asrida o‘rganish uchun ko‘plab manbalar mavjud. Ammo, foydali manbalar ham sizga foyda keltirmasligi mukin, agar siz shunchaki, chuqurlashmagan holda ishga kirishsangiz.

Avvalambor nima o‘rganmoqchi ekanligingizni aniqlab oling. Kitobni shunchaki, o‘qilgan asrlar ro‘yxatiga kiritish uchun o‘qiydiganlar ham topiladi. Uning nechog‘li zarur ekanligini tushunmasangiz, u sizga foyda keltirmaydi. Undan hech nima olmaysiz, shunchaki qimmatli vaqtingizni sarflaganingiz qoladi.

5. Foyda keltiradigan sohaga kamida 10 foiz daromadingizni sarflang

Inson qancha ko‘p pul to‘plasa, shuncha ko‘p sarflay boshlaydi.

Passiv daromad manbalari haqida o‘ylang. Sizga qo‘shimcha foyda keltiradigan sohaga sarmoya kiriting. Natijada, u asosiy yumushingizdan ham ko‘proq foyda keltiradi.

6. Olayotganingizdan ko‘ra ko‘proq bering

So‘z pul haqida ketmayapti. Ko‘pchilik hayotdan ko‘p narsa olishni istaydi-yu, o‘rniga biror nima berishni xohlamaydi. Bundaylar faqat o‘zlari haqida o‘ylaydilar.

Hayotni yaxshi anglagan holda yashang. Insonlarning muvaffaqiyatga erishishlariga yordam berishdan zavqlaning. Ana o‘shandagina bunday yashash sizga baxt keltiradi. Siz dunyoga boshqacha nazar solasiz va kishilarga nisbatan munosabatingiz ham o‘zgaradi.

7. Yordam so‘rashdan qo‘rqmang

Doim ham mustaqil harakat qila olmaysiz. Ba’zida birovlarning ham ko‘magi va maslahatiga ehtiyoj sezamiz.

Bu narsani tushunib yetish uchun kishida ko‘nikish va donolik xususiyatlari zarur. Buni zaiflik deb emas, kuch deb baholang. Kimdandir yordam olganingizda unga chin dildan minnatdorchilik bildiring. Odamlar bilan ham shaxsiy hayotda, ham ishda yaxshi munosabatlaringizni saqlab qoling.

8. Ikkala tomonga ham foydali bo‘lgan strategik hamkorlik yarating

Bu ko‘zlangan natijalarga erishish uchun yanada foydalidir. Raqobatlashuvni emas hamkorlikni tanlang. Bunda yolg‘iz o‘zingizdan ko‘ra ko‘proq natijaga erishasiz. Bitta bo‘lsa yaxshi, ikkita bo‘lsa undanam yaxshi tamoyilini unutmang.

9. Qo‘rquvlaringiz ko‘ziga tik boqing va maqsadlaringizni 10 martaga ko‘paytiring

Maqsadlaringizni yozib chiqing va har kuni ularga erishishni tahlil qiling. Avval boshdan qaraganda ilojsiz ko‘rinadigan maqsadlar qo‘ying, ularni amalga oshirish uchun turmush tarzingizni o‘zgartirasiz va mukammallashuv tomon intilasiz.

Bunday yashash sizni harakatga chorlaydi: o‘qishga, sport bilan shug‘ullanishga, erkinlik kuchini his etishga, atrofingizni sizga kuch berib turadigan kishilar bilan o‘rashga kirishasiz. Boshqacha so‘z bilan aytganda, maqsadga erishish yo‘lida bo‘lasiz. Har qanday fikr yashashga haqli, buni ham unutmang.

10. Marketingni o‘rganing

Shaxsiy biznesingiz bo‘lsa, marketing ishingizni osonlashtiradi. Mijozlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi, ularni jalb etishni bilish kerak. Psixologiya va kommunikatsiya asoslarini o‘rganing. Bu orqali siz faqat o‘z tovaringizni sotishni emas, uni mijozga qanday taqdim etishni ham o‘rganasiz.

11. Istalgan natijaga erishish uchun diqqat qarating

Kata kuch va vaqtni talab qilgan ish muvaffaqiyatli bo‘lib qolmaydi. Ba’zan bizga kerakli ish qilayotganimizdek faqat tuyuladi.

O‘z oldingizga aniq maqsad qo‘ying va u qancha vaqt talab qilsa shuncha ishlang.

Bir vazifaga bir necha soat ketsa, boshqasiga oylab vaqt sarflashingiz mumkin.

Birinchi martadan ishingiz amalga oshmasa qayta-qayta bir ishga kirishishdan cho‘chimang.

12. Muhitni o‘zgartirishni unutmang

Ishingiz sizni o‘rab turgan kishilar va muhitga bog‘liq. Doim bir muhitda ishlamang, turli joylarda vazifangizni bajarishga harakat qiling.

Kitob yoki maqola yozasizmi? Hech kim xalaqit bermaydigan tinch joy toping. U yerda siz o‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘proq ishlay olasiz. Boshqa ishlardan chalg‘imaslik uchun bir necha uchrashuvlarni kafeda belgilang.

13. O‘z shaxsiy omad va xotirjamlik so‘zlaringizni o‘ylab toping.

Bu tushunchalar ba’zan boylikdan ham afzal bo‘ladi. Misol uchun shunday boylar borki boshqa muammolar sabab o‘zini baxtli his qila olmaydi. Oxir-oqibat boylik maqsadga yetaklovchi vosita ekanligini tushunish kifoya.

14. O‘z qarashlaringizga ishoning

Muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz uni nima uchun qilayotganingizni tushunishingiz kerak. Kishilar sotayotganingizni emas, qanday sotishingizni xarid qilishadi.

Apple kompaniyasini misol keltirish mumkin. U mahsulotining texnik tomonlarini oshkor etmaydi, balki o‘ziga xosligini ko‘rsatadi va u mahsulot katta mashhurlikka erishadi.

Bajarayotgan ishingizga nisbatan ishonch bozorda mavqeingizni mustahkamlashga ko‘maklashadi. Sizni taniy boshlashadi. Boshqalar e’tiboriga tushasiz. O‘z prinsiplaringizga sodiq qolib muvaffaqiyatga erishing.

Manba: Like It

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Boyishni istaganlar uchun 14 tavsiya