Tananing barcha aʼzolari va qismlari qarish jarayonidan oʻtadi, shuningdek miya ham. Biroq neyrobiologlarning aytishlaricha, miya qarishini sekinlashtirish mumkin, yaʼni toʻgʻri ovqatlanish va miya doim harakatda boʻlish uchun xobbi (sevimli mashgʻulot) bilan shugʻullanish kerak.
Yoqimli va foydalini birlashtirish uchun, siz quyidagi keltirilgan xobbilardan bir nechtasini qilishga harakat qiling:
Meditatsiya. Meditatsiya (chuqur oʻylamoq, fikr yuritmoq) stress darajasini va qon bosimini pasaytiradi hamda immun tizimini mustahkamlab, diqqatni yigʻadi. Shu bilan oʻn daqiqa shugʻullanish sizga yaxshi kayfiyatni qaytaradi va miyani yanada yaxshiroq ishlashiga zamin yaratadi.
Ovqat tayyorlash. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, uyda ovqat tayyorlaydigan insonlar, umuman olganda sogʻlom hayot kechirmoqdalar. Bundan tashqari, ular sogʻlom mahsulotlarni tanlash imkoniyatiga egalar va tayyorlash jarayonidan zavq olishlari mumkin. Bu esa miyaga ham yaxshigina foyda beradi.
Oʻqish. Oʻqish miyani fokus qilishga yordam beradi. Soʻzlar zahirasini koʻpaytiradi, tassavurni kengaytiradi va miya faolligini oshiradi. Qolaversa, oʻqish — stressga qarshi eng yaxshi usul (69% stressni pasaytiradi). Uyqudan oldin oʻqish yaxshi va sogʻlom uyquga ketishga yordam beradi.
Shaxmat oʻyini. Shaxmat oʻyini miya uchun eng yaxshi xobbilardan biri: oʻyin vaqtida miyaning ikki qismi rivojlanadi, xotira va strategik oʻylash yaxshilanadi.
Raqs: Raqs — bu nafaqat yaxshi jismoniy mashq, u stressni kamaytiradi va serotonin (quvonch garmoni) darajasini koʻtaradi. Raqs aqlliroq boʻlish usuli ekan, chunki har xil harakatlarni yodlash va qaytarish uchun siz miyaning barcha qismlarini ishlatasiz.
Guruh oʻyinlari: Guruhda oʻynaganingizda, siz koʻp foydaga ega boʻlasiz - harakatchanlik, yangi doʻstlar va muloqotga kirishishingiz mumkin. Tadqiqotlarga koʻra, muloqot boʻlmasligi, miyaga va sogʻliqqa taʼsir qilar ekan. Shuning uchun basketbol, futbol, voleybol va boshqa guruhli sport oʻyinlarini oʻtkazish juda foydalidir.
Tillarni oʻrganish. Koʻp tillarni biladiganlarning miyasi oddiy bir tilni biladigan inson miyasidan farq qiladi. Xorijiy tilni oʻrganish sizni yanada aqlliroq qiladi. Bundan tashqari, siz chet elliklar bilan muloqot qilishingiz va ularni madaniyatini oʻrganishingiz mumkin. Bu esa yomon xotiraga qarshi eng yaxshi usuldir.
Aytib oʻtilgandan xobbilardan tashqari, miya va butun tana uchun eng yaxshi dori bu kulgidir. Miya uchun qaysi xobbini tanlashingizdan qatʼiy nazar, kulgi doim eng yaxshi qoʻshimcha boʻladi. Kulgi stressni yengib, tinchlik olib keladi!
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi