23:53 / 24.09.2018
4 669

Oʻzimizni va jahlimizni boshqarishni oʻrganamiz

Oʻzimizni va jahlimizni boshqarishni oʻrganamiz

Emotsiya va his-tuygʻuga beriluvchan insonlarni hayotimizda koʻplab uchratamiz. Aslida buning hech yomon tomoni yoʻq, qachonki u atrofdagilar bilan munosabatni buzmasa.

Demak, emotsiya, his-tuygʻularimizni qanday qilib boshqarishni oʻrganamiz. Asosiy qoida: vaziyatni oʻzgartirolmasangiz, unga boʻlgan munosabatingizni oʻzgartiring.

Kayfiyat rasvo paytda, hamma joyni ostun-ustun qilishdan oldin ushbu tavsiyalarni bajarishga urinib koʻring:

1. Asabiylashishni boshlayotganingizni fahmlashingiz bilan chuqur nafas olib, oyoq va qoʻl mushaklaringizni taranglashitiring, soʻng tezda nafasingizni chiqarib yuboring va boʻshashib tinchlaning. Ushbu mashqni 3 marta takrorlang.

2. Koʻzlaringizni yuming va bir oz boʻlsa-da shu holatda oʻtiring. Oʻsha damda xayolingizga yomon fikrlar keltirmaslikka harakat qilsangiz, yanada yaxshi boʻladi (agar yomon xayollar kelaversa, unda diqqatingizni pozitiv va sokinroq narsalarga qaratishga urinib koʻring).

3. Jahlingiz chiqqan payt koʻzgu qarshisiga kelib yuzingiz holatiga qarang, jahl qilishga boʻlgan ishtiyoqingiz tezda soʻnadi.

Muvozanatli insonlar eshiklarni qarsillatmaydi, idishlarni sindirmaydi. Ular oxirigacha tinglashadi va birovning gapini boʻlmaydi. Gapirishga soʻzlari yoʻqligidan emas, shunchaki jahl chiqqanda aql ketishini ular juda yaxshi bilishadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oʻzimizni va jahlimizni boshqarishni oʻrganamiz