Chumoli o‘zining kichkinagina jussasiga o‘zidan 5 barobar katta bo‘lgan has cho‘plarni yig‘ib, u yoqdan bu yoqga nimadirlarni ko‘tarib yurganini ko‘rib qolamiz. Qiziq, u shunchalik shoshib, yiqilib-siqib, qiynalsa-da o‘sha narsani ko‘targancha iniga olib kirib ketadi. O‘ylab qolaman, shu mittigina jonzotning uychasi qanday ekan-a? Uyi to‘la xas-cho‘p, don-dun. Ularni chiroyli qilib, tahlab qo‘ysa kerak. Xammayo‘q tozalangan, saranjom-sarishta, keng bo‘lsa kerak. Yer ustida teshikchalari ko‘p bo‘lgan bu inchasi ichida ham mayda chumolilar ko‘p bo‘lib, u yoqdan bu yoqga yurib, tinmay ishlab yurishgandir.
Mexnatsevar chumolilarga juda havasim keladi. Ular mittigina bo‘lsa-da bizga yashashni o‘rgatadi, to‘g‘rirog‘i qanday qilib yashashani va qanday qilib maqsadlarimizga erishish yo‘llarini o‘rgatadi. Huddiki ular bizga, “Mexnat-mexnatning tagi roxat” yoki bo‘lmasa “Intilganga-tole yor” demoqchiday go‘yo.
Ustiga ortmoqlagan narsasi biz uchun oyog‘imizning tagidagi 1 tiynga ham arzimas bo‘lgan keraksiz xas-cho‘plar, chumolilar uchun qaysidir bir maqsadi yo‘lida kerakli bo‘lgan muxim bir buyumdir. Balki , ularni to‘plab o‘ziga karavat yasar, balki supurgi qilib supurar, balki bo‘lmasa inchasida olov yoqib ovqat pishirar, nima bo‘lgan taqdirda ham bu uning uchun juda muxim Agar bunchalik muhim bo‘lmaganida nozik yelkasini qiyshaytirib, egilib bukilib, bu og‘ir yukni ko‘tarib, tushirib yuboray desa-da yanada kuch to‘plab, uni mahkamroq ushlagancha, yurishda davom etmas edi. Bularni o‘ylasak yuzimizga kulgu keladi. Lekin shu mittigina chumolilarni o‘zimizga taqqaslasak, kulish emas yig‘lash kerak bo‘lib qoladi.
Negadir, ba’zi insonlar o‘z maqsadlariga juda oson yo‘l bilan yetishni o‘ylashadi. Mexnat qilishdan erinadi. Nima keragi bor, ahir xarakat qilmasdan ham yo‘lini topsa bo‘ladi-ku. Kattaroq lavozimda ishlaydigan tanishiga shundoq qo‘ng‘iroq qilsa bo‘ldi. O‘sha mansabdor tanishi o‘zining boshqa bir tanishiga: “- Polonchi xozir yoningizga boradi, ishini hal qilib bering, bizda ham qolib ketmas,”-deb aytsa tamom. Ishlar a’lo, oshiqcha yugur-yugurlarga ne xojat!
Shukronalar bo‘lsinki, o‘rmonga borib, o‘tin yig‘ib olov yoqadigan zamonlar o‘tdi. Ketmonda yer chopib pul topadiganlar yo‘q endi. Balki, bordir, lekin ular juda ham kamchilikni tashkil etadi.Endi faqat aql bilan pul topib, bilim bilan maqsadga etish davri keldi. Lekin firibgarlik yoki xitrilik davri emas. “–Men pulni pulga uraman, bir oydan keyin mashinam, ikki oydan so‘ng dang‘illama uchastkam bo‘ladi, xizmatkorlarim oyog‘imni o‘padi, keyin men folonchi boy bo‘laman!”-deb boy bo‘lish yo‘lini qidirayotganlar o‘z kuchiga, o‘z bilimiga va o‘z xarakatiga ishonmay kimlarnidir aldab , ularni chuv tushirish evaziga shu natijalarga erishishni maqsad qilib olishadi yoki bo‘lmasa kimnidir kuchiga ishonib yo‘l tutadi-da ohir oqibat osonlikcha topgan narsalaridan xuddi shunday maxrum bo‘lishadi. O‘z mexnatimiz bilan topilgan non qanchalik shirin bo‘lishini faqat uni totib ko‘rganimizdan so‘nggina bilamiz. Masalan men buyuk bir jaxon tan olgan, qalami o‘tkir jurnalist bo‘lishni xoxlayman va shu maqsadimga qanday bo‘lmasin yetishishga urinib , hali u qarindoshimdan, hali bu tanishimdan, yaqinlarimdan yordam so‘rab ularga iltimos qilsam, ular ham mening ko‘nglimga qarab yordam berishi mumkin. Va men shu soxa bo‘yicha ishga ham kirarman. Lekin, keyinchi....
Eng daxshatlisi shu....
Men endi maqsadimga yetdimmi?, Endi men jurnalist bo‘lib qoldimmi?
Kechagina kichik, kichik maqolachalarni yozib ustozlardan unday emas, bunday yozish kerak, degan tanbehlarni eshitib yurgan oddiygina talaba qiz, bugun bir stulning egasi. Men shu stulda o‘sha kichik maqolachalarimni yozib o‘tiraveramanmi?... Yo‘q albatta! Ishxonada boshliq menga kattaroq, mas’uliyatliroq bir topshiriq bersachi? Biron bir men tushunmaydigan mavzu bo‘yicha material tayyorlashim kerakligini aytib qolsa, nima qilaman? O‘zim tushunmaydigan narsani qanday qilib yozaman? Mayli yozgan taqdirimdayam menda o‘sha mavzu bo‘yicha bilimim va tajribam yetmasa, yozgan maqolam qanday chiqadi? Tasavvur qilayapsizmi? To‘rt kun, oshib ketsa besh kundan keyin, yoki bo‘lmasa o‘sha zaxotiyoq meni bilimsizlikda ish bilmaslikda ayblab, ishdan xaydab yuborishlari mumkin. Shunda men kimni aybdor qilaman? O‘sha tanishlarimdanmi ? Menga topshiriq bermaydigan yaxshiroq ishga kirgizib, qo‘yishmagani uchun ulardan o‘pkalaymi? Yo‘q... yo‘q...yo‘q!!! Aybdor faqat o‘zim bo‘laman!
Agarda men mana shu maqsadimga boshqa yo‘ldan borsamchi, ya’ni o‘z bilimim, o‘z mexnatim, izlanishim, tirishqoqligim va o‘z- o‘zimga ishonchim orqali yerishishga xarakat qilsamchi? Unda qanday bo‘ladi? Albatta juda qiyin va uzoq vaqt talab etadi. Men avvalo maqsadim yo‘lida rejalar tuzaman. Rejalarim asosida o‘zimga vazifalar qo‘yaman. Maqsadim yo‘lida bilimimni oshiraman, sohamga tegishli bo‘lgan kitoblarni o‘qib o‘rganaman, sekin astalik bilan pog‘onama-pog‘ona o‘sib boraveraman. Maqsadim yo‘lida uchragan barcha to‘siqlari yengib o‘tishim, yo‘lda qoqilib yiqilsam, yana o‘rnimdan turib, yo‘lda davom etishim kerak. Bilaman men tanlashgan bu yo‘l tekis, ravon emas. Yo‘lim o‘nqir-cho‘nqirlardan iborat. Toshli , loyli, qorli, yomg‘irli va qir-adirli. Ba’zida yurib ketayotganimda qattiqroq qoqilib yiqilishim, oyoqqa turishga ancha qiynalishim va chang to‘zonlarda qolib, ketishim mumkin. Bilaman men bu yo‘lda ko‘p sinovlarni boshdan kechiraman,xoldan toyib yurgim kelmay ortga qaytib ketgim keladi. Lekin men taslim bo‘lmay, qorlar erib, yomg‘irlarning tinishini, chang to‘zonlar to‘xtab, quyosh chiqib, yorug‘ kunlar kelishini kutishim, sabr qilishim kerak. Men yana o‘zimni qo‘lga olib , oyoqqa turib xarakatda davom etaversam, baribir bir kun, oxiri yo‘l tugaydi. Marraga yetib boraman! Shunda meni yorug‘ va go‘zal xayot qarshi oladi.
Sabrim, mashaqqatim, xarakatim, mexnatim-mukofotsiz qolmaydi. Shunday qilib, men o‘z maqsadimga faqat to‘g‘ri yo‘ldan borib, o‘z kuchim bilan erishaman va buning shirin nonini totib ko‘raman.
Mexnatsevar chumoli ham bir kuni issiqqina uychasida dam olib mexnatining xuzurini ko‘radi. Bu xayotda qanday yo‘ldan borishni har kimning o‘zi tanlaydi. Bir kunlik obro‘-e’tibormi? Yoki, bir umrlik huzur –halovat! Bizning ertaga kim bo‘lishimiz shu birgina tanlovimizga bog‘liq!
Keling, yashashni to‘g‘rirog‘i, qanday qilib yashashni va maqsadga yetishni chumolidan o‘rganaylik!
MAFTUNA Mirzaxo‘jayeva
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”