Yo‘nalishli taksi tirbandligiga qaramay yana bir bekatda to‘xtadi. O‘tirish tugul oyoq qo‘yishga joy bo‘lmagan ulovga yo‘lovchi yopirilib kirdi. Tig‘iz payt. Hamma ishdan qaytyapti. Ayollar tezroq borib qozon-tovoqning harakatiga tushishni o‘ylab shoshilyapti. Shu payt tirbandlik ichida tanish ovoz qulog‘imga chalindi:
Shopir bolam, meni ikki bekatga olib borasanmi, yo‘l kiraga pulim yo‘q edi...
Chiqing, chiqing, onaxon, olib ketaman... – Haydovchi javob bergunicha kampir o‘ziga joy bergan yo‘lovchining o‘rniga o‘rnashib olib diydiyosini davom ettirdi: – Qarilik qursin-a, dovdirab pul olmay ko‘chaga chiqibman...
Bolam, pulim yo‘q edi, uydan pul olmay chiqaveribman. Keyingi safar to‘layman, – deganida haydovchi jahl bilan:
Uyalmaysizmi, kap-katta odam bez bo‘lib pulim yo‘q deb tushib ketaverasiz?! Bizda ham reja bor, bola-chaqa bor... – deb javrab qolganida kampirga rahmim kelib, haydovchidan ranjigan edim. Ayni holat bir necha marta takrorlanganini ko‘rgach, kampirning qilig‘idan ta’bim xira bo‘ldi. Bunaqalar sochidagi oq tolalarni qayerdan olgan ekan, degan og‘riqli o‘y yurakni o‘rtaydi.
Qo‘lidagi yelim xaltaga razm solaman odamlar orasidan. Non, pechene va yana allaqanday yeguliklar ko‘tarib kelyapti. Bu kampirning qiyofasi ko‘zimga tanish bo‘lib qolgan. Har gal jamoat foydalanadigan avtoulovga chiqsa yo‘l kira to‘lamaydi. Kishining rahmini keltiradigan har xil bahonalar to‘qishiga-ku manaman degan firibgar ham qoyil qolsa kerak!
Birinchi marta yo‘nalishli taksida uni uchratganimda haydovchiga mo‘ltirab:
Oqibatsizlik, birovning haqidan qo‘rqmaslik, ta’magirlik, riyokorlik haqida gap ketganda ko‘pchilik aybni yoshlarga to‘nkaydi. Go‘yoki husnixulqqa dog‘ bo‘lguvchi illatlar faqat yoshlarda boru, kattalar begunohu beillatdek. “Hozirgi yoshlar undoq, yoshlar bundoq” deguvchilar yuzing-ko‘zing demay yolg‘on gapirib ish bitirishga usta keksalar haqida ham mulohaza qilsalar yomon bo‘lmasdi. Afsuski, firibgar-tovlamachilar orasida keksalar ham kam emas. Oxirat-oqibat, omonat xususida mulohaza qiladigan, Allohdan qo‘rqib, Unga yorug‘ yuz bilan yuzlanishni o‘ylash o‘rniga uch kunlik dunyo foydasiga diyonatini savdoga qo‘yayotgan keksalarni ko‘rganingda ular uchun uyalasan, xavotirga tushasan kishi.
Erim yengil tabiat qizga ilakishib qolgan edi, qaynonam bundan avvaldan xabardor ekan, o‘g‘lini o‘sha qizga uylantirib qo‘ydi, – deydi tahririyatga qo‘ng‘iroq qilgan juvon. – Bir o‘g‘lim bor, qaynonam hatto bolaning ko‘z yoshidan ham qo‘rqmas ekan. “Siz otangiznikiga borib turing, eringiz nomiga o‘sha qizga uylanadi, bir oydan keyin haydab yuboramiz” degandi. Sodda bo‘lmasam qaynonamning gapiga kirib o‘g‘limni yetaklab ota uyimga ketibman. Bir qarasam “nomiga uylanadi” degan qaynonam katta to‘y qilib, erimga o‘sha qizni olib berdi. Tag‘in Toshkentga “asal oyi”ga ham jo‘natganini eshitib alamdan o‘zimni qo‘yarga joy topolmadim. Men yo bolam betob bo‘lib qolsak “boring, otangiz davolatsin, pulimiz yo‘q” deydigan qaynonam erimni uylantirishga, asal oyiga jo‘natishga pul topganini qanday tushunishni bilmadim. Uyga borgandim, qaynonam janjal qilib meni haydab yubordi. Qo‘ni-qo‘shnilarga “Kelinim o‘qituvchi, pul topadi, katta oylik oladi” deb yangi kelinini maqtabdi. Nikohimiz rasmiy qayd qilinmagan edi. Erim yangi xotini bilan rasmiy nikohdan ham o‘tibdi. Eng yomoni, erimga gapirganimda “Onam shunga uylanishimni istadilar” deb yelka qisib turaverdi. Qaynonamning ta’magir, pastligini bilardim, lekin bu darajada diyonatsizlikka boradi deb o‘ylamagandim...
Keksa deganda ko‘z oldimizga yuzidan nur yog‘ilib turgan, farishtali, har so‘zi hikmat, bosgan izi ibrat nuroniy onaxon va otaxonlar keladi. Chunki, bizga shu tasavvurda tarbiya berilgan. Garchi keksaygan ota-onamizni ayab, e’zozlasak-da, farzandlarimiz tarbiyasini ularga ishonib topshirib qo‘yamiz.
“Bobo-buvi tarbiyasini olgan bola odobli, mulohazali bo‘ladi” deymiz.
“Keksalarning o‘gitini quloqqa olib ulg‘aygan bola tadbirkor, andishali, harom-halolni farqlaydigan, muloyim tabiatli, xush fe’l inson bo‘ladi” deymiz. Ammo o‘sha bobo-buvining o‘zida nabirasiga beradigan odob-axloqu insoniy fazilatlar bo‘lmasa-chi?..
Har gal avtoulovga chiqqanida bir bahonani tayyorlab, o‘zidan munglig‘-mushtipar qiyofa yasashga urinadigan kampirga tikilgan kuyi xayolga botganimda ko‘nglimdan o‘tgan o‘ylar edi bu. Yana ko‘p narsalarni o‘yladim. Bu kampirning bolalari, nabiralari qanday insonlar ekan? Qariyasining siyrati shunchalik abgor bo‘lsa yoshlarining fitratida nimalar unayotgan ekan? Bu savollarga keyingi mulohazalardan javob izlarman. Firibgar kampir manziliga yetib, yo‘nalishli taksidan tushdi. Uzoqlashguncha oynadan uni kuzatib qoldim...
Umida ADIZOVA
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?