Siz bilan bog‘liq quyidagi holatlarda kardiolog vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘yishingiz salomatligingizni asrashingizda asqotadi:
1. Jismoniy zo‘riqish yoki boshqa sabab tufayli yurak va ko‘krak qafasida og‘riq paydo bo‘lsa;
2. Ortiqcha vazn;
3. Tinch holatda arterial qon bosimi 130/80 mm dan ortiq bo‘lsa;
4. Ozgina jismoniy harakatdan keyin ham nafas qisib qolsa (ayniqsa, tananing gorizontal holatida), holsizlikni his qilsangiz va ko‘p terlasangiz, boshingiz tez- tez aylanib tursa;
5. Oyoqlar shishsa;
6. Yurak urish maromi buzilsa (aritmiya);
7. Tomir urishi tezlashsa (bir daqiqada 90tadan ortiq);
8. Tomir urishi sekinlashsa, ya’ni bir daqiqada 60 tadan kam (braxikardiya);
9. 35 yoshdan oshgan bo‘lsangiz va avvallari kardiologga murojaat qilmagan bo‘lsangiz;
10. Qandli diabetda va ayrim sport turlari bilan shug‘ullanganda ham kardiolog nazoratidan o‘tib turish lozim.
Eslab qoling, kardiologning nazoratida bo‘lish miokard infarkti va boshqa yurak qon-tomir kasalliklarida yuzaga keluvchi xavfni sezilarli darajada kamaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”