20:15 / 23.05.2019
7 517

Olimlar ko‘zni ko‘r qiladigan mahsulotlarni sanab o‘tishdi

Olimlar ko‘zni ko‘r qiladigan mahsulotlarni sanab o‘tishdi
Diyetologlar qobiliyatini keskin yomonlashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni aytishdi, deb yozmoqda “Sof.uz” nashri.

Oq non - ro‘yxatning eng yuqori qismida, chunki unda hech qanday foydali moddalar yo‘q, biroq toza kraxmal moddasi ko‘p. Shu bois, oshqozon osti bezi juda ko‘p miqdorda insulin ishlab chiqaradi, bu esa uzoqni yaxshi ko‘rolmaslik kasalligiga olib kelishi mumkin.

Shu qatorda boshqa tez uglevodlar – pishiriqlar, shirinliklar, makaron va guruch o‘rin olgan.

Ular ham ko‘p miqdorda insulin ishlab chiqarilishiga olib keladi, oqibatda ko‘z pardasi yomonlashadi. Tez uglevodlarni tartibsiz iste’mol qilish 40 yoshdan oshgan odamlarga juda xavfli.

Ko‘z uchun xavfli mahsulotlar ichida qahva ham bor. Kam miqdorda iste’mol qilish foyda keltiradi, biroq kuniga 2-3 chashkadan ko‘p iste’mol qilinsa ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Qahva qon tomirlarining torayishiga olib keladi, shuning uchun ko‘zning qon aylanishi buziladi.

Qon tomirlar torayishiga alkogol mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish ham olib keladi. Shu bilan birga, spirtli ichimliklar ko‘rishga javob beradigan bosh miya qismiga ta’sir qiladi. Ichkilikbozlik ko‘z nervlarining atrofiyasini keltirib chiqarishi mumkin.

Inson organizmi va umuman ko‘rish qobiliyatiga o‘ziga xos “ahlat” mahsulotlar ham yomon ta’sir qiladi: burgerlar, xot-dog, chips, shirinliklar, gazli ichimliklar, ko‘p miqdorda bo‘yoq va oziq-ovqat qo‘shimchalari ishlatilgan souslar.

Ko‘rish qobiliyatiga ko‘p miqdorda tuz ham xavfli. U suyuqlikni organizmdan chiqarishni ushlab qoladi va ko‘z ichki bosim zo‘rayishi va katarakta rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolar nafaqat zararli mahsulotlarni iste’mol qilish sabab bo‘lishi mumkin. Muhimi, ratsionda ko‘z uchun zarur bo‘lgan barcha vitamin va mikroelementlar bo‘lishi kerak. Ko‘z achishsa yoki tez toliqib qolsa B2 vitamini yetishmoqchiligini ko‘rsatadi. Agar ko‘z tez-tez yoshlansa V12 vitamin zarur. Ranglarni yaxshi ko‘rish uchun A vitamini yordam berishi mumkin. Yorug‘lik nuridan ko‘z og‘risa, organizmda rux moddasi yetishmasligidan dalolat beradi.

A, Ye, kaliy, fosfor, temir moddalarini o‘z ichiga olgan mahsulotlar ko‘z uchun foydali mahsulotlar hisoblanadi. Chernika, sarsabil (sparja), Bryussel karami, salat, ismaloq va jo‘xori iste’mol qilish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar ko‘zni ko‘r qiladigan mahsulotlarni sanab o‘tishdi