Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Doimo rost gapiring. Zero, rostgo‘ylik yaxshilikka olib boradi. Yaxshilik esa jannatga yetaklaydi. Yaxshilik esa jannatga yetaklaydi. Kishi rost gapirishda bardavom bo‘laversa, Allohning huzurida u “siddiq” (faqat rost so‘zlovchi) deb yoziladi.Yolg‘onchilikdan saqlaning. Chunki yolg‘on buzuqlikka yetaklaydi. Buzuqlik do‘zaxga olib boradi. Kishi davomli yolg‘on gapiraversa, Allohning huzurida u “kazzob” (yolg‘onchi) deb yozib qo‘yiladi”, dedilar”.
Imom Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.
Rostgo‘ylik – musulmon kishi uchun naqadar muhim ekanini bilamiz. Shuning uchun ham farzandlarimizning yolg‘on gapirishi bizni xavotirga soladi.
Bolalarning yolg‘onini tuzatish uchun birinchi navbatda, ularni nima maqsadda yoki nima sababli yolg‘on gapirayotganini tushunib olishimiz kerak. Bu tushunchalar, kichkina bolalarimizning yolg‘on gapirishi oldini olishimiz uchun ham yordam beradi, insha Alloh.
1. Bolalar yolg‘onining eng asosiy sabablaridan biri – ota-onaning yolg‘onga jiddiy qaramasligidir. Bolalarimiz oldimizda ekanligida boshqalarga “Meni uyda yo‘q deb qo‘y”, “Hozir mazam bo‘lmayapti, uzr, borolmayman!”,”Men yo‘ldaman” deyishimiz yoki “Meni umuman pulim yo‘q, g‘alva qilma!” kabi o‘zimiz uchun ahamiyatsiz tuyulgan yolg‘onlarimiz bilan bolalar miyasiga asta sekinlik bilan yolg‘on gapirish oddiy hol ekanligini “singdirib boramiz“!
2. Bolalar qo‘rqqani uchun. Juda ham qattiqqo‘l ota-onalar farzandlari jazolanmaslik uchun, bilib yoki bilmasdan qilgan ayblarini yolg‘on bilan yashiradi.
3. Ba’zida esa ota-onasining hafsalasini pir qilmaslik uchun. Agar ota-onaning boladan kutgani juda ko‘p bo‘lsa, lekin bola ular xohlagancha qobiliyatli bo‘lmasa, ota onasini xafa qilmaslik uchun baholari, bo‘lgan voqealar haqida ota-onasiga yolg‘on gapirishga majbur bo‘ladi.
4. Do‘stini himoya qilish uchun. Bu, ayniqsa o‘g‘il bolalar orasida ko‘p tarqalgan sindrom. Bolalar bir-birlarini himoya qilish uchun haqiqatni yashiradi.
5. Maqtanish uchun. Bunday yolg‘on kichkina bolalar o‘rtasida ko‘proq bo‘ladi. Ular do‘stlari orasida obro‘ topish uchun shunday qilishadi. Bunday yolg‘onlar odatda boylik va kuch haqida bo‘ladi. “Mening dadamni 2 ta mashinasi bor!” “Mening dadam juda kuchli!” kabi.
6. Maqsadlariga tezroq erishish uchun. Masalan, “Ovqatingni yeb bo‘lsang, senga shirinlik beraman”, yoki “Darsingni qilib bo‘lsang, o‘ynagani chiqishing mumkin”, degan shartlar qo‘yganimizda bolalar tezroq shirinlik yeyish yoki o‘ynagani chiqish uchun bizni aldashga harakat qilishadi.
Yana shuni eslatib o‘tish kerakki, bola 4-5 yoshidan boshlab tushunib yolg‘on gapiradi, undan avvalgisi, shunchaki kimlargadir taqlid bo‘lishi mumkin.
Yolg‘on bilan qanday kurashish kerakligi yoki uni oldini olish haqida, insha Alloh ertaga gaplashamiz. Hozircha esa, eslab qolishimiz kerak bo‘lgan asosiy qoida: “Bolalar yolg‘on gapirganda – jahl bilan, agressiv harakat qilishga shoshilmang, avvalo yolg‘onning sabablarini aniqlashga harakat qilib ko‘ring”.
"Muslima ona kundaligi" telegramm kanalidan olindi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?