date

Qoraqalpog‘istonda yashirin alkogol sexi aniqlandi — minglab qalbaki marka topildi

Qoraqalpog‘istonda yashirin alkogol sexi aniqlandi — minglab qalbaki marka topildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida yashirin aroq sexi faoliyati to‘xtatildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a tumani bo‘limi, DXX va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.D. va uning sheriklari “Ixlos” MFY hududidagi xonadonda qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanganliklari aniqlangan.

Reyd davomida yashirin sexdan:

  • 21 250 dona qalbaki aksiz marka,

  • 480 litr spirt,

  • 1 954 dona qalbaki QR-kod markirovka,

  • 10 000 dona yorliq,

  • 134 dona “Qaratau” nomli qalbaki aroq,

  • ishlab chiqarish uchun ishlatilgan uskuna va boshqa tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumondorlar mahsulotlarni tayyorlab, keyinchalik ularni yirik do‘kon va omborlarga sotish rejasini tuzgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulotni qonunga xilof ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonda yashirin alkogol sexi aniqlandi — minglab qalbaki marka topildi