date

Istanbul yaqinida olti qavatli bino vayron bo‘ldi

Istanbul yaqinida olti qavatli bino vayron bo‘ldi

Istanbuldan taxminan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan Gebze shahrida olti qavatli turar joy binosi kutilmaganda quladi.

NTV telekanali ma’lumotiga ko‘ra, hozircha halok bo‘lgan yoki jarohat olganlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

Ma’lum bo‘lishicha, halokat sodir bo‘lgan hududda metro liniyasi qurilishi ishlari olib borilayotgan bo‘lgan.

A-haberning yozishicha, vayronalar ostida kamida olti kishi qolib ketgan bo‘lishi taxmin qilinyapti.

Qutqaruv guruhlari hozirda jabrlanuvchilarni izlash va ularni xavfsiz hududga olib chiqish ishlarini olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbul yaqinida olti qavatli bino vayron bo‘ldi