date

Rossiyada topilgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga olib kelindi

Rossiyada topilgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga olib kelindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qarovsiz qolgan besh nafar o‘zbekistonlik voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.

“O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar yurtdoshimizning vatanga qaytarilishi ta’minlandi,” — deyiladi rasmiy axborotda.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Ichki ishlar hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Bolalar ilgari Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy reabilitatsiya markazlari va Tranzit ijtimoiy boshpanasida joylashtirilgan edi.

O‘zbekiston tomonidan yuborilgan ishchi guruh ularni vatanga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirdi. Bosh konsulxona bolalarga repatriatsiya sertifikatlarini bepul taqdim etdi.

Bolalar mas’ul mutasaddilar hamrohligida Sankt-Peterburg–Toshkent yo‘nalishidagi samolyot bilan O‘zbekistonga olib kelingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada topilgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga olib kelindi