14:30 / 28.02.2021
1 920

"Muhim xulosa"

"Muhim xulosa"
Foto: Getty images/Yaxshilikni ko‘rsatish ikki tomon uchun ham shifobaxsh ta’sirga ega, deyishadi olimlar
Kolumbiya universiteti psixiatri Kelli Xarding o‘zining yaqindagi "Quyon effekti" (The Rabbit Effect) nomli kitobida yaxshilikning ta’siri haqida mushohada yuritdi.

"U immun tizimi, qon bosimi uchun foydali, insonlarga uzoq va yaxshi yashashga yordam beradi. Yaxshilik zahirasi bitmas-tuganmasligini hisobga olsak, bu ajoyib haqiqat. Shu bilan birga unga to‘yib qolishning ham iloji yo‘q. U bepul va hamma uchun bemalol imkonli".

Xarding o‘z kitobining nomini izohlar ekan, shunday deydi: "Men 1970-yillarda quyonlar hatti-harakati borasidagi tadqiqotlarni eshitganman. Bir guruhda natijalar boshqalaridan ko‘ra a’lo bo‘lgan, olimlar esa nima ro‘y berayotganini bilishni istashardi. Ma’lum bo‘lishicha, yaxshi natijalarga erishgan quyonlar ustida juda mehribon olim ishlab, ularga mehr bilan qaragan ekan".

"Shifokor sifatida, men butunlay hayratda qoldim. Bu favqulodda muhim xulosa degan qarorga keldim", - xotirlaydi Xarding.

Foto: Getty images/Boshqalarga nisbatan yaxshi bo‘lish insonning o‘ziga nisbatan yaxshi bo‘lishdan osonroq, deydi doktor Xarding
Yaxshilik, ta’kidlaydi Xarding, insonlarga ko‘p narsani o‘zgartirishi va odamlarga o‘z dunyolarida yaxshiroq yo‘lko‘rsatuvchiga ega bo‘lishida yordam berishi mumkin. Ammo ko‘pincha, boshqalarga mehr bilan munosabatda bo‘lish, insonning o‘ziga mehribon bo‘lishidan ko‘ra, ancha oson, deydi olim.

"Ishda, maktabda va uyda hayrixohlikni namoyish etish yaxshi natijalarga olib keladi. Deylik, tibbiyotda texnologiya yaxshilanmoqda, ammo ular hech qachon mehribon xodimning o‘rnini bosa olmaydi. Ruhiy salomatlik bilan jismoniy sog‘likning orasidagi aloqa nihoyatda muhim".

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Muhim xulosa"