Foto: Grazia
Teleshouning bir nechta qismlarini muntazam tomosha qilishni anglatadigan binge-watch atamasi 2013 yilda Oksford lug‘ati versiyasiga ko‘ra yil so‘zi bo‘lish uchun da’vogarlik qilgan. Deyarli barcha ketma-ket serial tomosha qilayotgan ayni vaqtda esa ushbu atama har qachongidan ham dolzarbroq hisoblanadi. Grazia nashri jismoniy faol bo‘lmasdan, ekrandan ko‘z uzmay serial tomosha qilish salomatlik bilan bog‘liq qanday muammolarni keltirib chiqarishi haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Ortiqcha ovqatlanish
American Journal of Clinical Nutrition jurnalining 2020 yil mart oyida e’lon qilingan tadqiqotda film, teleseriallarni tomosha qilish va vazn ortishi o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. Gap shundaki, ovqatlanish vaqtida boshqa narsaga chalg‘iganda organizm to‘yganini esdan chiqaradi. Agar har kuni shunday ovqatlanish kuzatilsa, bu vazn ortishiga olib keladi. Oqibatda qon bosimi, qandli diabet singari semizlik bilan bog‘liq boshqa kasalliklar kelib chiqa boshlaydi.
Uyqu bilan bog‘liq muammolar va charchoq
Journal of Clinical Sleep Medicine jurnalida e’lon qilingan maqolada yozilishicha, seriallarni doimiy ravishda tomosha qilish va uyqu yomonlashishi, shuningdek, charchoq, uyqusizlik simptomlari o‘rtasida bog‘liqlik mavjud.
Tromboz xavfining ortishi
2018 yilgi tadqiqotda serial va film tomosha qilib vaqt o‘tkazadiganlarda chuqur venalar trombozining kelib chiqish xavfi televizor qarshisida kam o‘tiradiganlarga nisbatan 70 foizga ko‘proq ekani aniqlangan. Hatto vazn bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa, jismoniy faol bo‘lgan taqdirda ham ushbu xavf kamaymaydi.
Kognitiv qobiliyatlar bilan bog‘liq muammolar
Soatlab serial tomosha qilish miya salomatligiga qanday ta’sir qilishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Avvalroq o‘tkazilgan tadqiqotda televideniyega tobelik kelajakda kognitiv qobiliyatlarning susayishiga olib kelishi mumkinligi aniqlangan. Uning doirasida har kuni 3,5 soatdan ko‘p vaqt teleserial tomosha qiladigan 50 yoshdan katta 3000 ishtirokchining ma’lumotlari o‘rganilgan. Natijalar 6 yildan keyin bu verbal xotira bilan bog‘liq muammoga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatgan.
Jismoniy faollik bilan bog‘liq muammo
Kam harakatsizlikdan iborat turmush tarzi semizlik, yurak kasalliklari, qandli diabet, osteoporoz, insult va hatto depressiya singari salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qancha kam harakat bo‘lsangiz, ushbu kasallikning kelib chiqish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi. 2020 yilgi tadqiqotlardan birida kompyuterda ishlab o‘tirish (faol) bilan film va serial tomosha qilib o‘tirish (faol bo‘lmagan) o‘rtasidagi farqni aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, nofaol o‘tirish bilan yoshlardagi tana massasi indeksi va yog‘ to‘planishining 25 foizga oshishi o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)