
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Loyihani qabul qilish zarurati quyidagilar bilan asoslanadi:
- ayrim shaxslar tomonidan betartib jinsiy aloqa qilish natijasida turli yuqumli kasallikka chalinib qolish holatlari mavjudligi;
- ayrim toifadagi shaxslar tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 190-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etish holati mavjud bo‘lib, ularni tibbiy tekshiruvdan o‘tishi borasida aniq norma mavjud emasligi;
- amaldagi qonunchilik hujjatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 190-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga o‘z hisobida tibbiy tekshiruvdan o‘tish majburiyat sifatida qayd etilmagan.
Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 190-moddasida (Fohishalik bilan shug‘ullanish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga o‘z hisobida tibbiy tekshiruvdan o‘tish majburiyatini belgilash maqsadida, ayrim qonunchilik hujjatlariga qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda virusli gepatit “V” 12,5 foiz holatlarda (2019 yilda ushbu ko‘rsatkich – 15,6 foiz, 2020 yilda 14,8 foizni tashkil etgan), virusli gepatit “S” 7,3 foiz holatlarda (2019 yilda ushbu ko‘rsatkich – 7,1 foiz, 2020 yilda 6,9 foizni tashkil etgan) jinsiy yo‘l bilan yuqtirilgani aniqlangan. Ushbu holatlar aksariyati shaxslar betartib jinsiy aloqa qilishi oqibatida qayd etilgan.
Loyiha bilan aynan shu ko‘rinishdagi huquqbuzarlik sodir etgan huquqbuzarga nisbatan chora ko‘rilishi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi norma kiritilmoqda.
Qonun loyihasi qabul qilinishi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 190-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar tomonidan virusli gepatit V va S turlarini boshqa shaxslarga yuqtirish holatlari kamaytiriladi.
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash bilan birga, ularni o‘z hisobidan virusli gepatit V va S turlariga skrining tekshiruvdan o‘z vaqtida o‘tishlari ta’minlanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 190-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash bilan birga, ularni o‘z hisobidan gepatit V va S turlariga skrining tekshiruvlardan o‘tkazish tartibini joriy etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar