
Hayotimizni ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qilolmaymiz. Gadjetlardan foydalanish oddiy va ommaviy bo‘lgan davrda yashayapmiz. U orqali pul topish yoki bo‘lmasa yaqinlari bilan suhbatlashish, ma’naviy xordiq olish, ilm o‘rganish imkoniyati bor. Umuman olganda uning bir qator afzalliklarini va turli salbiy jihatlarini ham sanab o‘tishimiz mumkin. Biroq, bu jihatlar ichida eng yomoni bugun jinoyatchiga aylanayotgan foydalanuvchilarning borligi hisoblanadi. Ha, ular ijtimoiy tarmoqlardagi xatti-harakati sabab 3-5 yil umrini qamoqda o‘tkazishga mahkum etilganlardir.
AzonTV onlayn telekanali “Fikrat” tahliliy ko‘rsatuvi orqali “Diniy ekstremizm” degan gap xato. Dinda ekstremizm yo‘q!” mavzusida suhbat tashkil etildi. Siyosatshunos Nuriymon Abulhasan va advokat Jahongir Mutalibov ayni shu masalada o‘z fikrini bildirdi.
G‘ayratxo‘ja Saydaliv, jurnalist: Bir kanal ochildi yomon niyatda. O‘zbekistonda taqiqlangan va oddiy odamlar ham buni qabul qilmaydi. Deylik buni prokratura shug‘ullanib oliy sud orqali taqiqladi. Bu guruh uchun havolani bitta raqamga, belgiga o‘zgartirish nima qiyinchilik tug‘diradi? Bu hech narsa emas. Kanal bo‘lsa, oddiy odam uni qanday farqlay oladi? Buni taqiqlanganini qayerdan bilish mumkin? Axir mana shu bilmaslik ortidan qanchadan qancha begunoh odamlar jabr ko‘ryapti.
Nuriymon Abulhasan, siyosatshunos – Biz odamlarda shunday immunitet hosil qilishimiz kerak-ki, har qanday gadjetlariga kelgan narsani jo‘natishdan oldin ehtiyot bo‘lishi kerak. Bu masalaning bir jihati. Agarda biz O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksidagi 244-modda, 155-moddalarimizni qaraydigan bo‘lsak, bularni qabul qilinganiga 15 yildan oshib qoldi. 15 yil avvalgi bilan bugungi jarayon farq qiladi. Avvalgi jinoyat kodeksidagi moddalar bilan hozir qotib qolsak, bu masala hal bo‘lmaydi.
Mening fikrimcha, ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha alohida tasniflash kerak. Masalan, men doktorlik ishimni “Virtual olamda diniy mazmundagi tahdidlarni jamiyat siyosiy barqarorligiga ta’siri” mavzusida himoya qildim. Tavsiyalar ishlab chiqqanimda, birinchi taklifim hozir mavjud bo‘lgan diniy ekstremizm so‘zidagi “diniy” jumlasini olib tashlash kerakligi bo‘ldi. Sababi, dinda ekstremizm yo‘q. Musulmonni terrorist deb atash noto‘g‘ri degan masalani ishimda ko‘rsatganman.
Ikkinchi masala avvallari virtual tartiblar yo‘q edi. Shu sabab endi uni tasniflashga ehtiyoj bor. Materialni yubordimi, suhbat chog‘ida haqqoniy ekstremistmi yoki yo‘q, ma’lum bo‘ladi. Agar u ekstremist bo‘lsa, davlat to‘ntarishini qilmoqchi ekanini tan oladi. Ularga shunday tushuntirishgan va bundaylar fikridan qaytmaydi. Lekin, o‘smirlarni ana shunday moddalar bilan javobgarlikka tortmasligimiz kerak-ku?! Axir bu bolalar bizning farzandlarimiz! Ertaga qamalsa, bizga dushman bo‘lib chiqadimi?! Ular hech qachon bu ishdan rozi bo‘lmaydi, yomon tarafi yaqinlari, oilasining ham davlatga nisbatan salbiy munosabat shakillanish ehtimoli bor.
Taklifim, bugun barcha imkoniyatlar bor va, ayniqsa, huquqshunoslarimizning xalqaro darajalarni o‘rganayotgan bir vaqtda 15 yillik masalani qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. Garchi 2019 yilda ekstremizm qonunini qabul qilib “diniy” atamasini yo‘qotgan bo‘lsakda Jinoyat kodeksida “diniy ekstremizm” jumlasi bor. Soha vakillari bu masala bo‘yicha ham ishlashi kerak. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi turli ta’qiqlangan materiallarni bilmay bir-biriga jo‘natayotgan, gegabaytini qizg‘anib ochib ko‘rmayotganlar ham javobgarlikka tortilyapti. Ularning jinoyatchi bo‘lishi qay darajada to‘g‘ri, buni ham ko‘rish lozim.
Jaxongir Mutalibov, advokat: Jinoyat Kodeksining 244 prim 1 moddasi 2016 yil paydo bo‘ldi. Undan oldin bunday modda yo‘q edi. Bugungi kunda bu modda amalda. Mana shu modda ta’sir doirasiga tushgan ayblanuvchi, sudlanuvchi, maxbus va mahkumlar bor. Jinoyat kodeksi bu kabi moddalarga nisbatan ishlab bo‘lgan. Mana shu moddaga ko‘ra jinoyat sodir etildimi yoki yo‘qmi aniqlash imkoni bor. Birinchi navbatda bu jinoyatni qasddan sodir etilayotgani tarkibi hisoblanadi. Ehtiyotsizlik bo‘lsa bu jinoyat tarkibini bermaydi. Yuristlar buni qasdini topishi kerak. Bunda tergovchining ziyrakligi talab etiladi.
Jinoyat Kodeksining mazkur moddasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qasddan sodir etish tarkibiga kirgizib qo‘ygan. Aslida, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etsangiz, bu jinoyat tarkibini bermasligi kerak. Sababi, bu jamoat xavfsizligi va jamoatga tahdidlar turkumiga kiradi. Jamoat xavfsizligiga siz ehtiyotsizlik oqibatida xavf tug‘dirolmaysiz.
Bugungi kunda tergovchilarning bu kabi masalalarni yechishda yuridik malakalash qobiliyatlari talab darajasida emas. Bir odam ayblanyapti va sudga borganda oqlanyapti. Unga ma’naviy zarar yetadi. Prezidentimiz ham mavjud vaziyatdan tashvishlanib bosh prokurorga murojaat qilganda, bosh prokurorimiz 30 foiz kadrlarning yosh ekanligi, ustoz-shogird an’anasining yo‘qligi va yaxshi mutaxassislarning nafaqaga chiqib, boshqa sohalarga o‘tib ketgani sabab bo‘lyapti dedi.
Shu o‘rinda davlatning insonparvarlik jihati ham bor. Masalan, guvoh va ayblanuvchining fikri ikki hil bo‘lsa bunda uni ayblab bo‘lmaydi. O‘sha vaqt tergovchi yana bitta guvoh topadi. Agar 2 nafar bo‘lsa unda o‘tadi. Hozir esa guvohsiz ham odamlar ayblanyaptida. Telefondagi material borligi odamning qasd qilganini isbotlamaydi.
Masalan, Andijonda bir ishda qatnashdim. Unda aka taqiqlangan materialni o‘zining ukasiga yuborgan va bu qarindoshlar guruhiga tashlangan. Ular ko‘rmaganmiz deyishsa ham qasddan tarqatilmaganiga dalil yo‘q. Bugungi kunda bu holatlarga Rossiya-Ukraina urushining ham ta’siri bor. Hatto BMT ham bu holatni ma’qulab ketdi. Sababi, kichik xatoning oldini olish bilan katta muammolar oldi olinadi. Sudlarda bu kabi ishlarni kuzatganimizda materialning "A" shaxsdan "B" shaxsga jo‘natilgani inobatga olinyapti. Nima maqsadda qilingani, qasd yoki yo‘qmi, ahamiyatsiz.
Jurnalist mavzuga to‘xtalar ekan yaqin kunlarda bo‘lgan va o‘zi rasman ishtirok etgan bir masala haqida so‘z yuritdi.
G‘ayratxo‘ja Saydaliyev, jurnalist: Bunyod ismli dasturchi yigit, tanishimiz ijtimoiy tarmoqda bepul odamlar foydalanishi mumkin bo‘lgan guruh tashkil etmoqchi bo‘ldi. Buni to‘g‘ri va haqqoniy yo‘lga qo‘yish maqsadida diniy idoralarga rasmiy murojaatlar qilgan, biz bilan ham bog‘lanib turgan. Shunday vaqtlarda xorij adabiyotlaridan bir qanchasini ko‘chirib, diniy idoraga tasdiqlatish uchun to‘plagan. Huquq tartibot idoralari kelib uni kompyuterini ko‘rganida o‘sha materiallarning borligi sabab javobgarlikka tortildi. Afsuski, qancha harakatlar qilmaylik, apelyatsiya bo‘lmasin yosh yigit 5 yilga qamaldi. Rossiyadagi kuchli dasturchilarni olib kelyapmiz. Achinarlisi, qanchadan qancha o‘zimizning qobiliyatli dasturchilarimiz panjara ortida.
Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar