22:24 / 11.05.2023
1 448

Harbiylar nega qo‘llarini boshiga qo‘yib “chest” beradi?

Foto: RIA Novosti

Harbiylar orasida “Bo‘sh boshda qo‘l turmaydi” degan hazil ibora bor. Ular buning bilan qo‘llarini bosh chetiga qo‘yib harbiychasiga salomlashishni nazarda tutadi. Harbiylarga xos bu harakatning o‘ziga xos tarixi ham bor.

Bu harbiy jyest “chest bermoq, salomlashish” kabi turlicha atalsa ham, rasmiy tarzda “harbiy salomlashish” deb nomlanadi. Bu harakat harbiylarning birdamligi, xushmuomalaligi va tarbiyaliligi namunasi sanaladi.

Harbiy salomlashish butun dunyo uchun standart emas. Masalan, Armaniston mudofaa kuchlari qoidasiga ko‘ra, harbiy salom vaqti bosh kiyim bo‘lishi majburiy emas.

AQSh harbiylari uchun esa salomlashishda yana bir qoida bor: jyest vaqti ikkala qo‘l ham bo‘sh bo‘lishi kerak. Lekin bu qoida prezidentlar tomonidan bir necha bor buzilgan. Barak Obama bir marta harbiylar bilan salomlashganda qo‘lida stakan bo‘lgan. Kichik Jorj Bush esa qo‘lida it ko‘tarib olgancha dengiz kuchlari harbiylari bilan salomlashadi. Shubhasiz, bu holatlar vatanparvar amerikaliklarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

AQSh prezidenti kichik Jorj Bush.
Foto: AP/Reuters/Global Look Press

Yana salomlashish kaftning old yoki orqa tarafini boshga tekkizish bilan ham farqlanishi mumkin. Polshada esa harbiylar faqat ikki barmoq bilan “chest” berishadi. Umumiy qoida: qo‘l bosh chetiga tegib tursa bo‘ldi. Lekin g‘alati tarafi shundaki, biror tarixchi yoki harbiy mutaxassis harbiy salomlashishning bu ko‘rinishi qanday paydo bo‘lganini aniq ayta olmaydi. Faqat turli variantlar bor xolos.

Foto: Jeremy Selwyn / Reuters

Ikkita variant ishonchlilik jihatdan yuqoriroq o‘rinlarni egallaydi. Birinchisi: tarixda harbiylar bir-biri bilan salomlashganda o‘ng kaftini ochiq holda ko‘rsatishlari qurol yo‘qligini bildirishdan iborat bo‘lgan.

Ikkinchi variantga ko‘ra, bunday salomlashish o‘rta asrda paydo bo‘lgan. Ritsarlar boshidagi dubulg‘ani ko‘tarib qo‘yish orqali o‘zlarining tinchlik tarafdori ekanliklarini ifodalashgan.

Foto: proficinema.com

Har ikkala variant ham mantiqan to‘g‘ri bo‘lsa-da, ularning aniq tarixiy dalili yo‘q. Harbiylar haqidagi tarixiy kitoblarda esa harbiylar salomlashish vaqti hurmat yuzasidan bosh kiyimlarini yechganliklari haqida hikoyalar bor. Asosan, yuqori turuvchi zobitlar, dvoryanlar, monarxlar va ularning oila a’zolari oldida shlyapalar yechilgan.

Lekin bora-bora shlyapalar katta va og‘ir dizaynda ham tikila boshlanadi va ularni istalgan vaqtda osongina boshdan yechib bo‘lmasdi. Shuning uchun ham harbiylar shlyapalarini yechib salomlashish o‘rniga uning chetiga qo‘l tekkizib qo‘yish odatini o‘zlashtira boshlashadi.

Britaniya qirolligi harbiy kuchlarining 1745 yilgi ustavida bu haqida shunday deyilgan: “Ofitser bilan uchrashuvda bosh kiyimni yechish shart emas, qo‘lni ko‘tarib qo‘yish va ta’zim qilish lozim”.

Umumiy tarzda harbiylar hayoti osonlashtirib borilgan. Biroq Avstriyada to 1868 yilgacha harbiylar boshida shlyapa bo‘lsa, uni yechishlari shart bo‘lmagan. Bikorn deb nomlangan bosh kiyim esa yengilroqligi sabab yechilishi kerak bo‘lgan.

Bikorn bosh kiyimi 

1868 yilda bu ikki xillik bekor qilinadi.

Foto: PAP / Marek Zakrzewski

Vaqt o‘tib shlyapani yechib salomlashish butunlay bekor qilinib, unga qo‘l tekkizib qo‘yish yetarli bo‘ladi. Sabablar: harbiylarning qo‘llari doim ham toza bo‘lmagan, ular qo‘lqopda ham yurishgan. Bunday paytda bosh kiyim yechish noqulay bo‘lgan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat