00:00 / 29.07.2023
181

Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

Ushbu haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzatilgan juda issiq ob-havodan so‘ng, kecha O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi boshlandi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida harorat +6...+9 darajaga, ba’zi joylarda +10...+12 darajaga pasaydi.

Bildirilishicha, bugun nisbatan salqin havoning kirib kelishi O‘zbekiston qolgan barcha hududlariga tarqaladi, ammo haroratning pasayishi respublika shimoli-g‘arbida pasaygani kabi sezilarli bo‘lmaydi. Bugun kunduz kuni respublika hududi katta qismida kunduzgi harorat +33...+38 daraja atrofida, janubda +40...+42 darajagacha bo‘ladi.

Respublika hududi katta qismida bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida va kun ikkinchi yarmida Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

28-30 iyulda respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtda 28-30 iyul kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, bugun kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun kunduz kuni harorat +35...+37 daraja, dam olish kunlari +36...+39 daraja bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
ePN