9
Xitoy O‘zbekistonda oziq-ovqat va asbob-uskunalar ishlab chiqarish masalasini ko‘rib chiqyapti
Foto: "Dunyo" AA
Iqtisodiy tadbir Buxoro viloyati hokimligi va Xitoyning Dongguan Private Enterprise Investment Chamber of Commerce uyushmasi bilan birgalikda tashkil etildi.
Uyushma raisi Chjan Jin mahalliy korxonalar tomonidan xorij davlatlarda loyihalarni amalga oshirishga qiziqish borligini, shu sababli, O‘zbekiston investitsiyalar kiritish uchun jozibador joy sifatida ko‘rilayotganini ta’kidladi.
Xitoy tomoni mamlakatda oziq-ovqat, ichimliklar, asbob-uskunalar va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, AKT va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilish masalalarini ko‘rib chiqish hamda Uyushmaga a’zo korxonalar orasida tegishli targ‘ibot ishlarini olib borishga tayyorligini bildirdi.
Tadbir davomida, Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari Rizo Asadov va Peshku tumani hokimi Vahobjon Qahhorov tomonidan hududning salohiyati, biznes uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda istiqbolli investitsiyaviy loyihalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdilar.
Uchrashuv yakunida Uyushma va unga a’zo korxonalar vakillaridan iborat delegatsiyaning joriy yil dekabr oyida Buxoro viloyatiga biznes missiyasini tashkil qilishga kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi