250 xil qovun va 186 ming sayyoh: Xivadagi xalqaro festival qanday o‘tdi?

2 daqiqa o'qish153
250 xil qovun va 186 ming sayyoh: Xivadagi xalqaro festival qanday o‘tdi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Qovun sayli – 2026» xalqaro festivali doirasida 259 dan ortiq qovun navi tatib ko'rilib, Xiva «Eng ko'p qovun degustatsiyasi o'tkazilgan festival» nominatsiyasi bo'yicha Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.
  • 7–9 avgust kunlari Xivadagi festivalda respublikaning turli hududlaridan keltirilgan 250 xil qovun navi va ular asosida tayyorlangan 200 dan ortiq mahsulot namoyish etildi.

Qadimiy va go‘zal Xiva shahrida Xorazm viloyatining betakror milliy an’analari, boy gastronomiyasi va ulkan turistik salohiyatini keng namoyish etgan «Qovun sayli – 2026» xalqaro festivali yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbir nafaqat milliy polizchilik madaniyatini targ‘ib qildi, balki jahon miqyosidagi tarixiy rekordga ham imzo chekdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Ichan qal’ada minglab sayyohlarni jamlagan bayram

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur festival joriy yilning 7–9 avgust kunlari ulug‘vor «Ichan qal’a» majmuasi hamda zamonaviy «Arda Khiva» turistik majmuasida o‘tkazildi.

Masshtabli tadbir davomida mehmonlarga respublikamizning turli hududlaridan keltirilgan 250 xil qovun navi hamda ular asosida tayyorlangan 200 dan ortiq noyob mahsulotlar namoyish etildi. Festival dasturi qovun va milliy taomlar degustatsiyasi, xalq hunarmandchiligi ko‘rgazmalari, jozibali folklor va teatrlashtirilgan tomoshalar, mahorat darslari hamda unutilmas konsert dasturlariga boy bo‘ldi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, festival kunlarida qadimiy Xivaga jami 186 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan. Ularning 36 ming nafarini xorijiy mehmonlar, 150 ming nafarini esa mahalliy sayohlar tashkil etdi.

Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan tarixiy voqea

Festivalning eng hayratlanarli va tarixiy voqeasi yangi jahon rekordining o‘rnatilishi bo‘ldi. Tadbir doirasida ishtirokchilar 259 dan ortiq qovun navini tatib ko‘rishdi.

Mazkur jarayon xalqaro standartlarga muvofiq qayd etilib, natijada Xiva shahri «Eng ko‘p qovun degustatsiyasi o‘tkazilgan festival» nominatsiyasi bo‘yicha rasman Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi. Bu esa mamlakatimiz turizm salohiyati yana bir bor jahon arenasida tan olinganining yorqin isfotidir.

G‘oliblar va qimmatbaho sovrinlar egalari

Festival yakunida polizchilik va dehqonchilikda yuqori natijalarga erishgan faol ishtirokchilar taqdirlandi. Hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra:

  • Gran-pri: Xiva shahriga nasib etdi va bosh sovrin — zamonaviy BYD Champion elektromobili bilan taqdirlandi;

  • 1-o‘rin: Yangiariq tumani;

  • 2-o‘rin: Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi;

  • 3-o‘rin: Urganch davlat universiteti hamda «UzAuto Motors»ning Xorazm filialiga nasib etdi.

«Qovun sayli – 2026» Xorazmning qadimiy dehqonchilik an’analarini asrab-avaylash, gastronomik turizmni rivojlantirish va mamlakatimizning turistik imkoniyatlarini dunyoga tanitish yo‘lidagi ulkan qadam bo‘ldi.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?