date

Moskvada o'zbekistonlik ayol 15 yilga hukm qilindi

Moskvada o'zbekistonlik ayol 15 yilga hukm qilindi
Moskvadagi sud 33 yoshli o'zbekistonlik Mahbubaxon Orinboyevani 15 yil umumiy tartibdagi koloniyada jazo o'tashga hukm qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Uni "Katiba Tavhid val-Jihod" jamoasini moliyalashtirganlikda aybdor deb topishdi. Ushbu jamoa Suriyada faoliyat yurituvchi "Heyat Tahrir ash-Sham" terrorchi tashkiloti tarkibiga kiradi.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yil oktabr oyida Orinboyeva radikallarga o'zining bank kartasi ma'lumotlarini taqdim etgan. Keyinchalik ushbu kartaga 6,5 ming rubl (1 million so'mdan ko'proq) o'tkazilgan va bu mablag' jihodchilarni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan.

Orinboyeva o'z aybini tan olmadi. Sud vakilining ma'lum qilishicha, chiqarilgan hukm hali kuchga kirmagan va ayblanuvchi uni qayta ko'rib chiqishni talab qilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Moskvada o'zbekistonlik ayol 15 yilga hukm qilindi