date

Dyugarridan De Dzerbiga keskin tanqid va kesatiq yangradi

Dyugarridan De Dzerbiga keskin tanqid va kesatiq yangradi

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi, shuningdek «Milan» va «Barselona»da ham o‘ynagan Kristof Dyugarri Roberto de Dzerbiga nisbatan yana salbiy fikr bildirdi. U avval ham italiyalik mutaxassisni muntazam tanqid qilib kelgan va bu safar ham «Marsel» bosh murabbiyiga qattiq gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dyugarrining aytishicha, De Dzerbining o‘ziga baho berishi haddan tashqari baland: u «Sassuolo» va «Brayton»ni boshqargan bo‘lsa-da, go‘yo Chempionlar ligasini yutgandek gapiradi. Sobiq futbolchi «Marsel»ning ushbu murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirish qarorini ham xato, deb hisoblashini ta’kidladi, deya keltiradi derbyderbyderby.it.

Roberto de Dzerbi 2024 yildan beri «Marsel»ni boshqarib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dyugarridan De Dzerbiga keskin tanqid va kesatiq yangradi