date

Ronaldu Jorjinani tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Ronaldu Jorjinani tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirib, sevgilisi Jorjina Rodrigesni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Tug'ilgan kuning bilan, hayotimdagi ayol!" — deb yozdi "Al-Nasr" hujumchisi Jorjina bilan tushgan suratiga izoh qoldirib.

Seshanba kuni Jorjina Rodriges 32 yoshni qarshi oldi. Ronaldu ham tez orada tug'ilgan kunini nishonlaydi — 5 fevral kuni u 41 yoshga to'ladi. Shunga qaramay, portugaliyalik futbolchi a'lo jismoniy holatda: u faoliyati davomida 960 ta gol urgan va to'xtash niyatida emas.

Eslatib o'tamiz, dushanba kuni Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Nasr" "Al-Taavun"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Jorjinani tug'ilgan kuni bilan tabrikladi