
Raqobat qo‘mitasi ikki sayyohlik kompaniyasini noqonuniy reklama uchun jarimaga tortdi. Panorama Travel va Shaffof Kichiksoy kompaniyalari ijtimoiy tarmoqlarda umra ziyoratini tashkil etish xizmatlarini litsenziyasiz reklama qilgani aniqlangan.
Shuningdek, Telegram kanallari — Umra Ihlos Sardor domla, Yuksak Ahsan Travel va Express Parvoz Milliy sayyohlik operatori egalari ham reklama qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikka tortilgan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil kuzidan boshlab hukumat ziyorat xizmatlarini taklif qiluvchi sayyohlik kompaniyalari faoliyatini tartibga solishni boshlagan.
Ruxsatnoma olish uchun kompaniya "Ziërat" fondiga 1 million dollar mablag‘ yo‘naltirishi talab etiladi. Dastlabki bosqichda 12 ta kompaniyaga ish faoliyati uchun ruxsatnoma berilgan, joriy yil bahorida esa yana ikki kompaniya litsenziyaga ega bo‘lgan.
Yozda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita sayyohlik operatorlarini yashirin tekshirish qoidalarini tasdiqlagan. Mazkur tekshiruvlar doirasida qo‘mita xodimlari mijoz sifatida kompaniyalar ofislariga borib, xizmatlar muddati va narxlarini aniqlashadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.