date

O‘zbekistonda metan "zapravka"lari vaqtincha to‘xtatiladi

O‘zbekistonda metan "zapravka"lari vaqtincha to‘xtatiladi

O‘zbekiston Energetika vazirligi aholiga va ijtimoiy obyektlarga gaz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida metan gaz zapravkalarining faoliyatini vaqtincha to‘xtatishni e’lon qildi. Vazirlik bu haqda batafsil ma’lumotni keyinroq taqdim etishini ma’lum qildi.

"Shuni ma’lum qilamizki, bu zarur chora-tadbirlar vaqtinchalik bo‘lib, gaz bosimini normallashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda", deyiladi vazirlik bayonotida. Zapravkalar faoliyatini to‘xtatish mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Energetika vazirligi bu qaror qo‘shni davlat gaz tarmog‘idagi texnik nosozliklar sabab gaz importining kamaygani tufayli qabul qilinganini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning dastlabki o‘n oyida O‘zbekiston xorijdan 1,1 milliard dollarlik gaz xarid qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 foizga kamdir.

Noyabr oyining oxirida Qozog‘iston matbuoti "Intergaz Markaziy Osiyo" kompaniyasi "O‘ztransgaz"ga qarshi da’vo arizasi bergani haqida xabar qilgan edi. Qozog‘iston tomonining fikriga ko‘ra, O‘zbekiston kompaniyasi gaz tranziti uchun 2 million dollar miqdorida qarzdor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda metan "zapravka"lari vaqtincha to‘xtatiladi