Genich: "Real" bu mavsumda katta sovrinlarga da'vogar emas

Konstantin Genich «Real»ni joriy mavsumda katta sovrinlar uchun aniq da'vogar deb hisoblamadi va madridliklarni Chempionlar ligasi favoritlari qatoriga kiritmadi, biroq La Liga chempionligini qo'lga kiritish ehtimolini inkor etmadi. «Qirollik klubi» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 51 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan bir ochkoga ortda qolmoqda.
Mashhur sharhlovchi Konstantin Genich Madridning «Real» jamoasining joriy mavsumdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Genichning ta'kidlashicha, «Real» hozircha hech qanday yirik maqsad uchun aniq da'vogardek ko'rinmayapti. U La Liga chempionligini qo'lga kiritish ehtimoli borligini inkor etmagan bo'lsa-da, Chempionlar ligasida madridliklarni favoritlar qatoriga kiritmadi. Bu fikrlar «Komment.Shou» YouTube kanalida yangradi.
Ispaniya chempionati turnir jadvalida «qirollik klubi» 51 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Alvaro Arbeloa shogirdlari peshqadam «Barselona»dan atigi bir ochkoga ortda qolmoqda.
«Qaymoqranglilar» navbatdagi uchrashuvini UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-turi doirasida safarda Lissabonning «Benfika» klubiga qarshi o'tkazadi.






























Izohlar 0
…