Genich Arsenal standartlari raqiblarga bosim o'tkazmoqda

Mashhur sharhlovchi Konstantin Genich joriy mavsumda Londonning «Arsenal» jamoasi standart vaziyatlardan qanday unumli foydalanayotganini yuqori baholadi. Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa burchak to'plari va jarima zarbalaridan tez-tez xavfli vaziyatlar yaratmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Genichning aytishicha, raqiblar bu jihatga qancha tayyorlanmasin, baribir «kanonirlar» o'z imkonini topmoqda. «Arsenal»ning standartlariga qarshi rejalar tuziladi, lekin raqiblarda allaqachon psixologik “kompleks” paydo bo'layapti: “hammani yopdikmi?” deb o'ylashadi, baribir gol o'tib ketadi», — dedi u «Komment.Shou» YouTube kanalida.
Eslatib o'tamiz, «Arsenal» so'nggi uchrashuvda o'z maydonida «Manchester Yunayted»ga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
Bugungi holatga ko'ra, «kanonirlar» 50 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!