date

Elektron retsept tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi

Elektron retsept tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi «Elektron retsept» tizimini bosqichma-bosqich joriy etadi. Bu tizim dastlab Toshkent shahrida hamda 15 ta tajriba hududida amaliyotga qo‘shiladi.

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Vazirlik murojaatlar va takliflarni hisobga olgan holda yangi tizimga o‘tishni imkon qadar tushunarli va silliq amalga oshirish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rmoqda.

Shuningdek, vazirlikda mutaxassislar va tegishli tashkilotlar vakillari bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuv natijasida yangi tizimni joriy etish masalalarini haftalik ko‘rib chiqish va keyingi bosqichlar bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun ekspert kengashi tashkil etildi.

Dastlab, elektron retsept antibiotiklar, sintetik antibakterial vositalar va tizimli ta’sirga ega gormon preparatlari uchun majburiy bo‘ladi. Kelgusi bosqichlar uchun dori vositalari ro‘yxati tibbiy ahamiyat va ijtimoiy xavflilik darajasi hisobga olingan holda alohida tasdiqlanadi.

Vazirlik tibbiy va farmatsevtik tashkilotlarning tizimga ulanishi bepul amalga oshirilishini, shuningdek, elektron retseptlarni yozish huquqi faqat shifokorlarga tegishli bo‘lib qolishini ta’kidladi. O‘tish davrida ayrim va shoshilinch holatlarda qog‘oz retseptlardan foydalanish imkoniyati saqlanib qoladi.

Vazirlikning qayd etishicha, bosqichma-bosqich joriy etish tizimni muntazam ravishda takomillashtirish, davolanish xavfsizligini ta’minlash, dori vositalari aylanishini tartibga solish va aholi uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi. Maslahatlarga oid savollar bo‘yicha 1003 raqamli kechayu kunduz faoliyat yurituvchi call-markazga murojaat qilish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Elektron retsept tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi