23:17 / 06.02.2017
6 210

«Islom Karimov apparatchiga nisbatan ko‘proq kurashchiga o‘xshaydi” 2-qism

«Islom Karimov apparatchiga nisbatan ko‘proq kurashchiga o‘xshaydi” 2-qism

Islom Karimov… “Bu shaxs apparatchiga nisbatan ko‘proq kurashchiga o‘xshaydi”, deb yozgandi sobiq ittifoq markazida nashr etiladigan eng nufuzli gazetalardan biri. “U juda qaltis paytda hokimiyat tepasiga keldi. Farg‘onada odamlar bir-birini o‘ldirayotgan, uylarni yoqib yuborishayotgan edi. G‘azabga minganlarni qasos deb bir-birining qonini to‘kishdan, afsuski, hech kim qaytara olmadi. Qolaversa, sodir etilayotgan qonli to‘qnashuvlar, ularning kelib chiqish sabablari haqida aniq ma’lumotning o‘zi yo‘q, bunday nizolarni bartaraf etish bo‘yicha tajriba ham yo‘q edi.
Kuni kecha saylangan yangi rahbarni esa xalq hali yaqindan bilmasdi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan ertasi kuni u o‘sha yokqa, Farg‘onaga otlandi. Aeroportda kutib olgan soqchilar bo‘linmasini: “Qirg‘in bo‘layotgan joyga boringlar, odamlarni vazminlikka da’vat etinglar!” – deb jo‘natib yubordi.
Viloyat partiya qo‘mitasi binosi oldida turgan bronetransportyorlarni ham yong‘in ichida qolgan hududlarga safarbar qildi. O‘zi esa qo‘liga tutqazilgan ma’lumotlarga qanoat qilmay, to‘ppa-to‘g‘ri o‘sha – notinchlik sodir etilayotgan joylarga, g‘azabga mingan olomonning ichiga kirib bordi…
Vodiy ahli yangi rahbarga tan berdi, u jasur odam ekan, dedi. Va bu gap butun O‘zbekistonga yoyildi…
Bugun respublikada Islom Karimov shaxsiga befarq qaraydigan inson yo‘q. Odamlar o‘z orzu-havaslarini uning nomi bilan bog‘lashmoqda. Boshimizdan o‘tkazgan barcha azob-uqubatlar haqqi uni bizga Yaratganning o‘zi etkazdi, deyishmokda…”.
* * *
Bu e’tirof mustabid tuzumning qonli qamchisi erksevar xalqlar boshi ustida ajdahoday yana olov purkay boshlagan GKChP xurujidan atigi besh kun avval, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilishidan o‘n etti kun oldin («Literaturnaya gazeta», 1991 yil 14 avgust) bosilib chiqqan, yaqin kelajakdan buyuk bashoratday bo‘lib yangragan va shunday aks-sado bergandi.
O‘shanda, Farg‘onada “tutun burqsigan” kezlari, atayin uyushtirilgan fitnayu ig‘volarga uchib g‘azabga mingan olomonni to‘xtatib qolgan, ming-minglab begunoh odamlar ko‘ngliga najot baxsh etgan bu rahbar oradan ikki yil o‘tib O‘zbekistonni ozodlikka olib chiqdi va roppa-rosa chorak asr o‘zi bino etgan mustaqil davlatga yo‘lboshchilik qildi. Millionlab odamlarning “Bizga bu rahbarni Yaratganning o‘zi etkazdi”, deya bejiz quvonmaganlari amalda isbotini topdi.
Chorak asr mobaynida bosib o‘tilgan milliy taraqqiyot yo‘limiz esa, mamlakatni jahondagi buyuk davlatlar safiga qo‘shdi. Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan beqiyos bunyodkorlik qurilishlari, o‘zbek davlatchiligi tarixida bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarilgan islohotlar Yo‘lboshchi nomini mangulikka muhrlab, abadiy shon-sharafga burkadi.

Amir Xudoyberdi

Davomi bor…

Manba:Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Islom Karimov apparatchiga nisbatan ko‘proq kurashchiga o‘xshaydi” 2-qism