Adliya vazirligi eskrou tizimi joriy etilishi haqidagi gap-soʻzlarni rad etdi

Oʻzbekiston Adliya vazirligi qurilayotgan uylardan xonadon sotib olish 1 yanvardan eskrou tizimi orqali amalga oshirilishi shartligi haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.
Vazirlik tushuntirishicha, bu masalani tartibga solishi kutilayotgan «Ulushli qurilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi hozircha hukumat muhokamasiga kiritilgan, xolos.
Idora qayd etishicha, qonun qabul qilinmaguncha hisob-kitoblarni ommaviy ravishda eskrou orqali yuritish talabi uchun huquqiy asos mavjud emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing