O'zbekistonda temiryo'l vagon parkini yangilashga 143 mln dollar yo'naltiriladi

O'zbekistonda temiryo'l harakat tarkibini modernizatsiya qilish uchun 143 mln dollar miqdorida kredit ajratiladi. Prezident qaroriga ko'ra, mablag'larni Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi «O'zbekiston temir yo'llari» korxonasiga taqdim etadi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Ajratiladigan resurslar keyingi to'rt yil davomida 200 ta vagonni yangilashga yo'naltiriladi. Kredit 10 yil muddatga berilib, 3 yillik imtiyozli davr nazarda tutilgan.
Yangi lokomotivlarni xarid qilish dasturi doirasida 2 ta teplovoz va 10 ta elektrovoz import bojlaridan ozod qilinadi. Shuningdek, «O'zbekiston temir yo'llari»ning sho'ba korxonalari uchun qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha 120 kunlik kechiktirish berilishi ko'zda tutilgan.
Qarorda yuk poyezdlarining o'rtacha tezligini 30 km/soatdan 50 km/soatgacha oshirish tashabbusi ham belgilangan. Bu yuklarni yetkazib berish muddatini qisqartirish va logistika jarayonlarida vaqt tejalishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!