Milliarderlar orasida diplomsizlari oz emas. Bill Geyts, Stiv Jobs, Mark Sukerberg – ularning bari biznesni tanlab, universitetni tashlab ketishgan. Biroq badavlatlar ichida hatto maktabni tugatmaganlar ham uchrab turadi. Ulardan ba’zilari tadbirkorlikni erta boshlab yuborgan, ayrimlari esa oilasini boqish uchun ishlashiga to‘g‘ri kelgan, xullas, ularga maktab partasida oxirgi sinfgacha o‘tirish nasib etmagan.
Amansio Ortega, Inditex kompaniyasi asoschisi
Boyligi: $71,3 mlrd
Zara, Massimo Dutti, Oysho brendlarining sohibi bo‘lmish Ortego maktabni 13 yoshida tashlab ketgan. Otasi temir yo‘lda ishlar, onasi ham oddiy xizmatchi edi, shuning uchun oilasi etishmovchilikdan qiynalardi.
Avvaliga Ortega tikuvchiga shogird tushdi. U arzon materiallardan hamma sotib olishga qurbi etadigan kiyimlar tikishga e’tibor qaratdi. 1975 yilda xotini bilan birga birinchi Zara do‘konini ochdi. Shundan keyin tez orada daromadi orta boshladi.
Li Kashin, Cheung Kong Group kompaniyasi rahbari
Boyligi: $31,2 mlrd
Osiyoning eng boy odamlaridan biri hisoblanuvchi Li Kashin o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. 14 yoshida otasi sil kasalligidan vafot etdi va Kashin maktabni tashlab, ishlashiga to‘g‘ri keldi. Avvaliga soatlar uchun tasmalar sotib yurdi, keyin plastmassa gullar ishlab chiqaradigan fabrikaga joylashdi.
Li Kashin 16 soatlab ishlab, etti yil deganda ozroq dastmoya jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi va plastik zavodini ochdi. Tez orada uning ishlari rivojlanib ketdi. Li Kashin o‘qimagan bo‘lsa-da, u asos solgan xayriya jamg‘armasi o‘quv muassasalarini qo‘llab-quvvatlash uchun yiliga millionlab dollar ehson qiladi.
Fransua Pino, Kering kompaniyasi rahbari
Boyligi: $20 mlrd
Bir paytlar Fransua Pino o‘qiganligi haqidagi yagona hujjat – bu haydovchilik guvohnomasi ekanligini e’tirof etgan edi. Fransiyalik milliarder 16 yoshida maktabni tashlab ketgan va o‘qishni davom ettirish haqida boshqa o‘ylamagan. Birinchidan, o‘qish unga yoqmasdi. Ikkinchidan, sinfdoshlarining uning past tabaqadan ekanligini aytib kulishlari yoqmas edi. Uchinchidan, hech qaysi maktab odamni tadbirkor sifatida shakllantinmaydi, degan qarorga kelgandi. U o‘z prinsiplariga amal qildi va Fransiyaning eng qudratli kishilaridan biriga aylandi.
Jo Lyuis, Tavistock Group asoschisi
Boyligi: $5,7 mlrd
Londonlik Jo Lyuisning otasi kichik keytering (taom tashish) firmasini boshqarar edi. O‘g‘li 15 yoshga to‘lganida, uni yoniga olishga qaror qildi. Shu tariqa Jo darsliklarni tashlab, ofisiant peshbandini taqilishiga to‘g‘ri keldi. Oila biznesini o‘z qo‘liga olganidan keyin u e’tiborini valyuta operasiyalari va investisiyalashga qaratdi.
Hozir Jo Lyuisning 150 dan ortiq kompaniyalarda ulushi, 135 ta restorani bor. U tasviriy san’at asarlarini yaxshi tushunadi, kolleksiyasida Pablo Pikasso, Anri Matiss, Lyusen Freyd va Frensis Bekon mo‘yqalamiga mansub asarlar bor. Ekspertlarning taxminicha, kolleksiyaning narxi milliard dollar atrofida.
Richard Brenson, Virgin Group korporasiyasi sohibi
Boyligi: $5,1 mlrd
Darslarni ko‘p qoldirgani uchun uni 16 yoshidan maktabdan haydashgan. Brenson baholarining pastligini dangasalikka emas, disleksiyaga yo‘yar edi: u matnlarni o‘qishga qiynalardi. Maktab direktori uni haydayotib shunday degan ekan: «Alvido, Richard. Sen yo turmaga tushasan, yoki juda boyib ketasan».
U vaqtda Brenson allaqachon tadbirkorlikni boshlab yuborgan edi: Yangi yil archalari va to‘tiqushlar etishtirar edi. Sinfdoshlari mutolaaga berilgan paytda u o‘zining ilk yirik loyihasi – Student yoshlar jurnaliga asos solgan.
Manba: hilol.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi