08:02 / 02.06.2017
7 216

Avstraliyada "yuzi yo‘q" baliq ushlab olindi

Avstraliyada "yuzi yo‘q" baliq ushlab olindi
Olimlar Avstraliya sohillari yaqinida "yuzi yo‘q" bo‘lgan antiqa baliqni tutib olishdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Typhlonus nasus deb nomlanuvchi, chuqur suv ostida yashovchi baliq ko‘zga ega emas, uning og‘zi esa tanasining pastki qismida joylashgan. Baliqning burun teshiklarini topish juda mushkul, suzgichlarini esa ko‘rishning imkoni yo‘q.

Ushbu tur ilk marotaba 1870-yillarning o‘rtalarida Challenger kemasi ilmiy ekspedisiyasi tomondan ta’riflangan edi. Bu baliq 1873 yilda Papua-Yangi Gvineya sohillari yaqinida ushlangan, shundan keyin tadqiqotchilar bunday jonzotni boshqa uchratishmagan.

Foto: Twitter.com/@CSIROnews

Olimlar baliqni 4 km chuqurlikda tutib olishgan. Tutilgan antiqa suv jonzotining uzunligi 40 sm ni tashkil qilgan. "Bu Erning eng kam o‘rganilgan sohalaridir. Baliqda go‘yoki ikkita dum qismi borga o‘xshaydi", deb aytgan Investigator kemasidagi ilmiy ekspedisiya boshlig‘i Tim O'Xara. Ekspedisiya davomida Avstraliyaning sharqiy sohilbo‘yida olimlar minglab dengiz jonzotlarini tutishga muvaffaq bo‘lishgan. Ulardan aksariyati avval fanga ma’lum bo‘lmagan antiqa jonzotlar bo‘lib chiqqan. Jumladan, ular orasida bosh qismida yorug‘likka ta’sirchan plastinalar bor bo‘lgan baliq, uchta suzgichi bilan suv tubida turuvchi baliq aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avstraliyada "yuzi yo‘q" baliq ushlab olindi