
Yirik tadqiqot xulosalariga ko‘ra, uzoq ish kuni yurak kasalliklari va sog‘liq bilan boshqa muammolarga olib keladi. Natijalar European Heart Journal jurnalida e’lon qilindi.
Londonning Universitet kolleji epidemiologlari ishda o‘tkazilgan vaqt miqdori va yurak xastaligi o‘rtasidagi bog‘liqni aniqlash maqsadida o‘rta yoshdagi 85,5 ming kishining ma’lumotlarini yig‘ishdi. Ular Buyuk Britaniya, Daniya, Shvesiya va Finlandiyadan bo‘lishgan. Tadqiqot ishtirokchilari ish kuni davomiyligi bo‘yicha guruhlarga ajratildi. O‘n yillik kuzatuvlarga ko‘ra, haftasiga 55 soatdan ortiq ishlaydigan ishtirokchilarda aritmiyaning (yurakning notekis urishi) rivojlanish xavfi boshqalarga qaraganda 40 foizga ko‘proq bo‘lgan.
Bundan tashqari, ko‘p ishlash ortiqcha vazn, qon bosimining oshishi, chekish bilan ham bog‘liq ekan. Bu omillarning bari artiyamiyaning rivojlanishiga turtki beradi. Aritmiya insult xavfini besh barobarga oshiradi, shu sababdan tadqiqotchilar haddan tashqari ko‘p ishlamaslikni tavsiya etishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar