Saudiyalik 100 yoshli Yahyo bin Fayi al Ritiy endi savodini chiqarishni boshladi. U Visha ma’muriy birligi fuqarosi sifatida Al Sada Markazidagi savodxonlik kampaniyasi doirasida tashkil etilgan yozgi maktabga qatnay boshladi. Bu haqda «Arabnews»ga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.
Yahyo kampaniyada ishtirok etayotgan 900 nafar erkak va ayollardan biridir. U sog‘lig‘ining yaxshi emasligiga qaramay, o‘qishga qiziqmoqda. Uning aytishicha, o‘qish va yozishni o‘rganish azaliy orzusi bo‘lgan va bugungi kunda u Qur’oni Karim oyatlarini o‘qiy boshlaganida orzusi ushalganini his qilmoqda.
Bu yilgi yozgi kampaniya 2 oy davom etib, unda 30dan ortiq o‘qituvchi o‘qish-yozishni bilmaydigan fuqarolarga ilm beradi.
Talabalarning yana biri Yahyo al Qohtaniy ham o‘qish-yozishni o‘rgatuvchi yozgi maktabga qatnayotganidan xursandchiligini yashirmagan va ta’lim departamentining bu boradagi sa’y-harakatlarini e’tirof etgan.
Uning safdoshlaridan yana biri Ibrohim bin Ahmad Said Faroj kitoblarini ko‘targan holda sinfxonaga kirar ekan, “men o‘qish va yozishni o‘rganish uchun taqdim etilayotgan ushbu imkoniyatdan foydalanib qolish maqsadida dalamni va omochimni tashlab kelayapman”, deya ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi