Bizni Rossiyaga, Turkiyaga ishga jo‘natib turgan avvalo buzuq iqtisodimiz va nafsiband boshqaruv tizimi (edi). Qolaversa, chirib bitgan urf-odatlarimizning ham hissasi bunda beqiyosdir. Bir chaqaga qimmat urf-odatlarimizni qanchalik zararli ekanligini bilish uchun kichkina tadqiqot qilib, hisob-kitob qilib ko‘ramiz.
O‘zbekistonda bir yilda o‘rtacha 200 000 (ikki yuz ming) to‘y marosimi bo‘ladi. Shu marosimlarda hamma o‘zbek xonadonlarida ko‘rpa va to‘shakka odatda 120$-150$ sarf qilinadi. Qarang, ikki-uch yilda bir marotaba, uyda mehmon ko‘payib qolgandagina o‘sha ko‘rpa-to‘shaklar taxmondan pastga tushadi va o‘sha yerda “chirib” yo‘q bo‘lib ketadi. Kamiga u zormandani yangilab turishga ham dunyoni pulini sarflaymiz, ahmoqqa o‘xshab. Qo‘shimchasiga, to‘ydan keyin “keraksiz narsalar” sotuvchisini chaqirib, kechagina sotgan narsasini, yana o‘ziga 30-40 foiz arzoniga qaytarib berishimiz haqida yozishga qo‘rqdim. Zero, buni ham hisoblasak, butun boshli industriyaga aylanadi.
Demak, biz o‘rtacha hisoblaganda 135 dollarni faqat ko‘rpalarning o‘zigagina sarflaymiz. Bir yilda qilinadigan 200 000 to‘ylarimizga ko‘rpa uchun sarflaydigan pullarimizni ko‘paytirsak, jami 27 000 000$ (yigirma yetti million dollar) bo‘ladi! Endi tasavvur qiling, har yili shuncha pulni taxmonda “muzlatib” qo‘yapmiz.
Agar shuning o‘rniga mini-zavodlar olib kelsak, xomaki hisob bo‘yicha yiliga 2160 (ikki ming bir yuz oltmish) o‘zbek o‘g‘loniga ish joyi yaratilardi va mana shu yigitlar o‘z uyida, ota-onasi bag‘rida qolardi. Buning ortidan keladigan yaxshiliklarni sanab sanog‘iga yeta olmaymiz. Bag‘ri butun oilalar, tarbiyali bolalar, qalbi xotirjam volidalar, valyuta oqimini chiqib ketishining oldini olishlik, toptalmagan or-nomuslar…
Birgina taxmonlarga taxlab, “muzlatib qo‘yilgan” orzu-xavaslarimizdan voz kechish oqibatida, yuqorida keltirilgan bir dunyo yaxshiliklar keladi.
Bir pullik urflarimizga qimmat to‘yxona, qo‘sha-qo‘sha mashinalar, kortejlar, bir necha yuz mehmonlar, mebellar, bir necha ming dollar sarflanadigan mashshoqlarni qo‘shganimiz yo‘q. Bu narsalarni qo‘shib hisoblasak, dahshatli summalar kelib chiqadi. Buni o‘zingiz ham juda yaxshi bilasiz.
Uzun orzu-xavaslar, bir pullik urf-odatlarimiz yo‘lida farzandlarimiz, aka-ukalarimiz, erkaklarimizni qurbon qilyapmiz.
Shu o‘rinda hurmatli amaldorlar va imomlarga yuzlanmoqchiman: yuqoridan keladigan tezis o‘z yo‘liga — mana, nimalarni gapirish, nimalarga e’tibor qaratish kerak. Muammo taxmondagi ko‘rpalarda emas, balki boshimizdagi miyada.
Sayyid Islom
Manba: Fayzbog.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi