Ba’zi yoshlarimiz turli axborot manbalarida, xususan, internetda ko‘rgan, eshitgan narsalari tufayli turli yomon ta’sirlarga tushib qolayotgani hech kimga sir emas. Internet orqali tarqalayotgan eng mudhish og‘u ma’naviy zahardir. Ustozlarimiz, mashoyixlarimiz aytishganidek, globallashuv zamonida hududlar emas, qalblar zabt qilinmoqda. Harbiy yurishlardan ko‘ra fikriy xurujlar orqali g‘arazli maqsadlarga tezroq va kengroq erishilmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda yoshlarimizning ongini zaharlash, ular orasida turli buzg‘unchi fikrlarni, sirti yaltiroq, ammo botini fasodga to‘lgan g‘oyalarni tarqatish uchun internetda ko‘plab sahifalar, ijtimoiy tarmoqlarda turli kanallar, matnlar, ovozli va tasvirli lavhalar joylashtirilmoqda.
Bu ish keng ko‘lamda, aniq reja asosida, maqsadli ravishda olib borilyapti, tarqatilayotgan ma’lumotlar yuqori sifatli, tiniq tasvirli qilib tayyorlangan, ichiga oyat-hadislardan dalil-isbotlar to‘ldirilgan, ko‘rgan odamning e’tiborini tortadigan qilib ishlangan. Buning oldini olish uchun oilada, mahallada, o‘qishda va ishda nazoratni kuchaytirish lozim. Yoshlarimiz, farzandlarimizning ana shunday ma’naviy og‘ularni ochib o‘qishi, eshitishi yoki ko‘rishining oldini olishimiz, nazoratni kuchaytirishimiz kerak. Yoshlarimiz ularning farqiga bormay, to‘g‘ri-noto‘g‘riligini bilib-bilmay ko‘chirib olib, kompyuterlarda yoki telefonlarida olib yurishi, tanish-bilishlariga ulashishi mumkin. Bunday holatlar ko‘p uchrayapti, oqibatda turli ko‘ngilsiz holatlar yuzaga kelyapti.
Norasmiy manbalardan foydalanmang!
Marhamat, yoshlarimiz dinimizning ta’limotini albatta o‘rgansin, diniy ilm olsin, ammo faqat rasmiy manbalardan, yurtimizda faoliyat ko‘rsatib turgan jome’ masjidlarning internet-sahifalaridan olsin. Bunday ma’rifiy sahifalar, kanallar, ancha ko‘payib qoldi, ularga kirayotgan muxlislarning, doimiy o‘qib borayotgan azizlarimizning soni kundan-kunga ortib bormoqda. Davlatimiz, diniy idoramiz yoshlarda to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirish uchun bu boradagi faoliyatni yanada kengaytirishni talab qilyapti. Bugungi kunda internet vositasida tufayli istalgan masjiddagi, istalgan imom-xatibning ma’ruzalarini uyda o‘tirib eshitish, ilm o‘rganish, ma’rifat hosil qilish imkoniyati bor. Internetda imom-xatiblarimizning juma mav’izalari, suhbatlari, savol-javoblari berib borilyapti, sahifalarimizda, kanallarimizda juma mav’izalarining ham matni, ham ovozi, ham tasviri berib borilyapti. Erkaklarimiz juma kuni istagan jome masjidiga borib, mav’iza tinglashi mumkin. Ayollarimiz odatda uy-ro‘zg‘or ishlari bilan, farzand tarbiyasi bilan band bo‘lishadi. Yoshlarimiz ilmga chanqoq, texnikaga usta, ana shu ma’lumotlarni bemalol ko‘chirib olib, o‘zi eshitsin, ota-onasiga, do‘stlariga ulashsin, marhamat!
Ammo norasmiy manbalardan, shubhali sahifalardan, egasi kimligi, maqsadi noma’lum kanallardan har xil ma’lumotlar yozib olinsa, tarqatilsa yoki telefonda olib yurilsa, yoshlarimiz tajribasizlik, diniy savodsizlik tufayli ulardagi buzg‘unchi fikrlardan, radikal g‘oyalardan ta’sirlanib qolishi mumkin. Buning oqibati nima bo‘lishi hech kimga sir emas. Qolaversa, bunday sahifalarga, kanallarga kiruvchilar, u yerda yozilgan matnlarni, ovozli yoki tasvirli lavhalarni telefonida olib yurgan shaxslar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan shubha ostiga olinishi mumkin. Bunday holatlarning oxiri aksariyat holllarda jinoyat bilan tugaydi.
Farzandlaringizni nazorat qiling!
Vatanimiz avval ham buyuk allomalar yurti bo‘lgan, bugungi kunda ham payg‘ambarlarning vorisi bo‘lgan ulamolarimiz ko‘p, yoshlarimiz, ayollarimiz ana shularning, ustozlarimizning ma’ruzalarini, va’z-irshodlarini tinglashsin. Ammo xorijga chiqib olib, tuzlug‘iga tupurayotgan, ulamolarimizning sha’niga noloyiq so‘z aytayotgan, o‘z Vatanining obro‘siga loy chaplayotgan kimsalarning diydiyosini eshitishmasin, ularga quloq solishmasin, ular qilgan xatoni takrorlashmasin. Ilgari oila boshlig‘i farzandining kundalik daftarini tekshirib turar edi. Bugungi kunda esa farzandimizning telefonlarini, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini ham tekshirib turish vojib bo‘lib qolyapti.
Bu ogohlantirishdan asosiy maqsad shuki, bu tinch-osuda kunlarning qadriga yetaylik, berilgan imkoniyatlardan, yengilliklar, imtiyozlar, kengchiliklardan unumli foydalanaylik, noshukur bo‘lib qolmaylik. Farzandlarimizga telefon olib berdikmi, ular har kuni internetga kirayaptimi, ularning nazorati uchun mas’ul bo‘laylik.
Rahmatulloh SAYFUDDINOV,
Yunusobod tumani bosh imom-xatibi.
Yunusobod tumani bosh imom-xatibi.
Manba: tasvir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi