
Bugungi kunda AQShda bo‘lib turgan Xalqaro Press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev “Amerika ovozi”ga intervyu bergan. Jurnalistning savollarga javob berar ekan Qudratxo‘jayev O‘zbekistondagi jurnalistika va so‘z erkinligi so‘nggi yillar ichida ijobiy tomonga o‘zgarganini aytib o‘tgan.
“Men o‘zim ham “Axborot” dasturida ishlaganman. O‘sha paytlarda bu dasturni “jannatdan xabar” deb atashardi. Ammo, hozir bunday “jannatiy xabarlar” berilmayapti. Har kuni yangi xabarlar berilmoqda”, deb aytgan Xalqaro Press-klub raisi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Xalqaro Press-klubdan vakillaridan tashqari yana ko‘plab o‘zbekistonlik jurnalistlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifini bevosita yoritish uchun AQShda bo‘lib turishibdi.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar