19:02 / 28.11.2019
2 877

2022-yildan boshlab mamlakatimizda birinchi marta aholi roʻyxatga olinadi

2022-yildan boshlab mamlakatimizda birinchi marta aholi roʻyxatga olinadi
Toshkentda 27-noyabr kuni MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi (YUNFPA) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hamkorligida “Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarda aholini roʻyxatga olish: 2020-yil davrasi” mavzuida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻz A xabar bermoqda.

Bugungi kunda MDH mamlakatlarida aholini roʻyxatga olish boʻyicha muhokamalar olib borilmoqda. Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, 2022-yilda mamlakatimiz zamonaviy tarixida birinchi marta aholini roʻyxatga olish oʻtkazilishi belgilangan.

MDHga aʼzo mamlakatlar aholini roʻyxatga olish 2020-yil raundida qatnashmoqda. Shunga koʻra, roʻyxatga olish dasturlariga kiritish uchun koʻrsatkichlar, savollar tarifi va ularni toʻldirish uchun uslubiy koʻrsatmalar Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar statistika idoralari bilan kelishildi. Bu mintaqada aholining faol harakatlanishi uchun muhim boʻlgan migratsiya hajmi va oqimi toʻgʻrisida solishtirma maʼlumotlarni olish va Hamdoʻstlik mamlakatlari nufuzining umumiy ishchi kuchini baholash imkonini beradi.

Tadbirda joriy yil oktyabr oyida Ozarbayjon va Belarus Respublikalarida oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olishning dastlabki natijalari, mamlakatimiz va Hamdoʻstlikka aʼzo boshqa davlatlarda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik jarayoni, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlarini monitoring qilish uchun aholini roʻyxatga olish axborot manbalari imkoniyatlari haqida soʻz yuritildi.

– Oʻzbekistonda oxirgi marta aholini roʻyxatga olish 1989-yilda oʻtkazilgan, – deydi Davlat statistika qoʻmitasi masʼul xodimi Sherzod Doʻsnayev. – Bugungi kunda aholini roʻyxatga olish imkoniyatlari kengaydi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va maʼlumotlarni toʻplashning raqamli usullaridan keng foydalanish, elektron xarita va anketalar, internet, maʼmuriy maʼlumotlar manbalari shular jumlasidan. Mazkur xalqaro seminar Hamdoʻstlik mamlakatlari statistika idoralari mutaxassislari uchun oʻzaro tajriba almashish imkonini beradi, aʼzo davlatlarning statistik salohiyatini mustahkamlashga hissa qoʻshadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2022-yildan boshlab mamlakatimizda birinchi marta aholi roʻyxatga olinadi