
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

“Bu sanani munosib o‘tkazish bizning o‘z tariximizga, mustaqilligimizga bo‘lgan hurmatimizni, xalq, millat sifatidagi madaniyatimiz va saviyamizni namoyon etadi” degan edi Shavkat Mirziyoyev.

Qur’oni karimdan tilovat qilindi. Islom Karimovning serqirra faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.

Gul qo‘yish marosimida Prezident Administratsiyasi, parlament palatalari va hukumat a’zolari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.





Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar