14:43 / 25.02.2020
4 462

Veterinariya sohasini yanada rivojlantirish: sohadagi muammolar va ularni bartaraf qilish choralari

Veterinariya sohasini yanada rivojlantirish: sohadagi muammolar va ularni bartaraf qilish choralari
Ma’lumki, mamlakatimiz hayotida qishloq xo‘jaligi, xususan, chorvachilik sohasi eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu ma’noda sohani iqtisodiyotning rivojlangan sohalaridan biriga aylantirish, tizimdagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, veterinariya va chorvachilik tarmog‘iga zamonaviy ilmiy-innovatsion g‘oyalarni joriy etish bo‘yicha bir qator yo‘nalishlarda amaliy ishlar boshlandi.
Shuning bilan birga, o‘tgan vaqt davomida veterinariya va chorvachilik tarmog‘ining ilmiy muassasalar bilan hamkorligi susaygan, sohada tub islohotlar o‘tkazilishiga ehtiyoj yuzaga kelgan edi.

Jumladan, aholining sog‘lom hamda sifatli chorchachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qonli ta’minlashda chorcha mollarining va boshqa hayvonlarning salomatligini yo‘lga qo‘yish, chorvachilikda sog‘lom raqobatni va tizimli veterinariya institutlariga joriy qilishga katta ehtiyoj sezilmoqda edi. Shuningdek, barcha hududlarda ham sifatli xizmat ko‘rsatishga asoslangan, malakali mutaxasislarga ega veterinariya institutlari mavjud emasdi.

Shu jihatdan, veterinariya faolyaitini amalga oshirishga ruxsat berish tartib-taomillari islohotga muhtoj edi. Shunga ko‘ra, veterinariya faolyaitini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi PQ−3662-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tajriba tariqasida Davlat xizmatlari orqali ko‘rsatilishi joriy etilganligi jismoniy va yuridik shaxslarga katta imkoniyat va yengilliklar yaratib berdi.

Xususan, endilikda tadbirkorlar respublikaning turli nuqtalaridan uzoq yo‘l bosib, markaziy idoraga murojaat qilish o‘rniga o‘ziga qulay bo‘lgan istilgan Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish imkoniyati yaratildi. Bu ham sohada tadbirkorlar soni o‘sishida katta omil bo‘ldi.

Birgina raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, shu vaqtga qadar jami 2975 ta tadbirkor veterinariya faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olgan bo‘lsa, 2018 va 2019 yillar davomida 40 ga yaqin tadbirkorga bu sohada ruxsat beruvchi hujjatlar taqdim qilindi. Xizmat ko‘rsatish muddatlari va talab qilinadigan hujja soni ham olib borilgan ishlarga mos ravishda qisqartirildi.

Shuning bilan birga, veterinariya faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatini tizimli monitoring qilish natijasida mazkur xizmatni ko‘rsatishda bir qator tizimli muammolar hamda kamchiliklar, aholining tezkor davlat xizmatini olishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar saqlanib qolganligi ham ma’lum bo‘lmoqda.

Xususan, veterinariya faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda vakolatli organning axborot tizimi Davlat xizmatlari markazlariga integratsiya qilinmaganligi va uning mavjud axborot bazasi raqamli ko‘rinishga keltirilmaganligi, davlat xizmatini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatning davlat xizmatlarini ko‘rsatishning standartlariga javob bermasligi kabi muammolarni ko‘rishimiz mumkin.

Shu munosabat bilan, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida turgan muammolarni bartaraf qilish, bu sohani keskin rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 yanvardagi PF−5930-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi hamda Farmonda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Davlat xizmatlari agentligi birgalikda veterinariya faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglament loyihasini ishlab chiqishi, vakolatli organning axborot tizimlarini Davlat xizmatlari markazi bilan integratsiya qilish, mavjud ma’lumotlar majmuini raqamlashtirish, aholining veterinariya sohasida litsenziyani olishda elektron ish yuritish madaniyatini oshirish, mobil ilovalar orqali davlat xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish yuzasidan bir qator vazifalar belgilandi.

Mazkur Farmon bilan sohani tubdan rivojlantirish, tadbirkorlarga veterinariya sohasida litsenziyalar berish tizimini yangi ko‘rinishga o‘tkazish, bunda “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili asosida ishlarni tashkil qilish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Zero, xalqimizni sifatli chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlash, mamlakatimiz iqtisodiyotida chorvachilikning rolini yanada oshirish,
bu borada tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash davlatning iqtisodiy siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Davlat xizmatlari agentligi
mas’ul xodimi Maxsudov Abror Dagar o‘g‘li

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Veterinariya sohasini yanada rivojlantirish: sohadagi muammolar va ularni bartaraf qilish choralari