20:09 / 26.03.2020
4 766

Ayol o‘g‘irlikka qo‘l urdi

Ayol o‘g‘irlikka qo‘l urdi
Ayollarning jinoyatga qo‘l urishi naqadar ayanchli holat ekanligini hammamiz his qila olamiz.
Navbahorlik P.Nodirova (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) 1991 yilda tug‘ilgan, yosh, oilali ayollardan, muqaddam sudlanmagan, u yo‘ldan adashdimi yoki xalq tilida aytganida “shayton yo‘ldan urdimi” qo‘shnisining uyiga o‘g‘irlikka tushdi.

P.Nodirova 2020 yilning 1 fevral kuni Navbahor tumanida yashovchi qo‘shnisi, N.Aslonovaning (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) yashash xonadoniga kirib, xonadon shkafida turgan jami narxi 5.800.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlarni o‘g‘irlab chiqib, voqea joyidan yashirinib, Jinoyat kodeksi 169-moddasining 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi aniqlangan.

Qonunchilikda bunday harakatlar uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.
Masalan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasida, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilganlik uchun, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga, xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Bu holatda talon-toroj qilingan mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.

Jinoyat kodeksining 169-moddasida, o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Sodir qilingan jinoiy harakatga qarab, bu moddaning qismlarida (1,2,3,4-qismlardan iborat) eng yengil jazo bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha jarimadan boshlanib, og‘ir jazo o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanish nazarda tutilgan.

Jinoyat kodeksining 66-prim-moddasida, 169-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi qayd qilingan.
O‘zaro qo‘shnichilik munosabatlari hamda xalqimizga xos kechirimlilik P.Nodirovani javobgarlikdan ozod qilishga sabab bo‘ldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi tomonidan 2020 yil 3 martda o‘tkazilgan sayyor sudda, jabrlanuvchi N.Aslonova sudga ariza bilan murojaat qilib, P.Nodirovaga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini, yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplanganini, u bilan o‘zaro ixtiyoriy yarashganini ma’lum qilib, jinoyat ishini yarashuv asosida harakatdan tugatishni so‘raganligi bois, sud P.Nodirovani aybiga iqrorligi, jabrlanuvchi bilan yarashib, yetkazilgan zararni bartaraf etganligini e’tiborga olib, uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilib, jinoyat ishini yarashuv asosida tugatdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.Ibodov

Tomdi tuman ma’muriy
sudining raisi
Z.Utamurodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayol o‘g‘irlikka qo‘l urdi