16:04 / 09.12.2020
3 650

3 mlrd. so‘mdan ziyod tovarlar “cariq” yo‘lakda “qizarib” qoldi

3 mlrd. so‘mdan ziyod tovarlar “cariq” yo‘lakda “qizarib” qoldi
Ma’lumki, yurtimizda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida bojxona sohasida qator imtiyoz va qulayliklar yaratilmoqda.

Insofli tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va oldini olishga qaratilgan islohotlar o‘tkazilayotgan bir vaqtda, ayrim “uddaburon tadbirkorlar" davlat byudjetiga bojxona to‘lovlarini belgilangan tartibda to‘lash o‘rniga, turli qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirishni o‘ziga maqsad qilib, bojxona xodimlarini chalg‘itishga urinishadi.

Ammo ularning qing‘ir rejalari o‘z vaqtida fosh etilmoqda. Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlarining operativ ma’lumotlari asosida navbatdagi yirik miqdordagi qonunbuzilish holatlari fosh etildi.

Jumladan, Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan xususiy korxona nomiga xorijdan olib kelingan umumiy qiymati 2575,5 AQSh dollari bo‘lgan, og‘irligi 26000 kilogrammni tashkil etuvchi tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xomashyo tovarlari bojxona organlarida joriy etilgan xavfni boshqarish tizimi tomonidan avtomatik ravishda “sariq” yo‘lakka yo‘naltiriladi. Bu esa tadbirkorlik subektiga bildirilgan ishonch natijasida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini soddalashtirilgan tartibda o‘tkazilishi demakdir.

Ammo, taqdim etilgan hujjatlar bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi va mazkur tovarlar xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega deb topgan holda “Qizil yo‘lak”ga yo‘naltirilib hamda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, bojxona xodimlarining gumonlari o‘zini oqladi va hujjatlarda qayd etilmagan qiymati 3 mlrd. so‘mdan ziyod miqdordagi to‘qimachilik matolar bo‘yicha davlat byudjetiga undirilishi lozim bo‘lgan 563 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashga bo‘lgan urinish fosh etildi.

Agarda, mazkur “uddaburon tadbirkor”ning bojxona xodimlariga taqdim qilgan dastlabki hujjatlarida aks etgan ma’lumotlari, ya’ni tovar miqdori hamda TIF TN kodi asosida bojxona to‘lovlari hisoblanganda edi 41 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlari undirilar edi.

Holat bo‘yicha daliliy ashyo sifatida olingan 3 mlrd. 323 mln. so‘mlik tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini to‘liq undirilishini ta’minlash maqsadida vaqtincha saqlovga olinib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 3 mlrd. so‘mdan ziyod tovarlar “cariq” yo‘lakda “qizarib” qoldi