
Bavariya sport direktori Kristof Froʻynd Jamal Musialaning holati va kelajakdagi rejalar haqida maʼlumot berdi. 22 yoshli yarim himoyachining ogʻir jarohatdan soʻng safga qaytishi yaqin kunlarda kutilmoqda.
Jamoa bu mavsumda Musialasiz ham ishonchli oʻyin koʻrsatmoqda, shu sababli koʻpchilik nemis yulduzining asosiy tarkibda oʻynash imkoniyati borasida savollar bermoqda. "Jamalning holati yaxshi, u toʻgʻri yoʻlda ekanidan xursandman.
U yaqin haftalarda toʻp bilan mashgʻulotlarni boshlaydi. Butun jamoa uning tez orada qaytishini intiqlik bilan kutmoqda.
Musiala – oʻyinning borishini oʻzgartira oladigan ajoyib futbolchi, u bilan biz yanada kuchliroq boʻlamiz. Yozda koʻpchilik Bavariya Musialasiz qanday oʻynaydi, deb bahslashgan edi, endi esa u bizni kuchaytirmaydi deyish notoʻgʻri.
Albatta, u tarkibda oʻz oʻrniga ega boʻladi, chunki u biz uchun juda muhim futbolchi", – dedi Froʻynd Sky Sportga bergan intervyusida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar